Bu haqda aytmasam bo'lmas.Chunki samimiyatdan yiroqlashib borayotgan hamkasbingni ko'rib turib to'gri yo'lni ko'rsatib qo'ymaslik ham unga hiyonat,deb hisoblayman. Eng,avvalo Yusuf Rasulning mustaqil jurnalistlik iddaosi hususida. Hurmatli Yusuf Rasul,siz men o'ylagandan ko'ra ancha jizzakiroq ekansiz.Hatoyingizni ko'rsatsa odobsizlik qila boshlar ekansiz.Bunisi mayli har kimda har hil illat.Lekin siz yozayotganlaringiz ostiga mustaqil jurnalist yorligini qo'yayapsiz.Bir emas turli tashkilotlarga,(ohirgisi chamamda ''Birdamlik'' edi a'zo bo'lganingiz) a'zo kishi mustaqil jurnalist bo'la oladimi? Ikkinchisi bir emas bir necha kishi imzo chekkan ''Loyiha-bayonotni'' sharhlar ekansiz uni o'zboshimchalik bilan o'zgartirib ''Bayonot'',deb talqin qilyapsiz.Bu bilan kimni aldab,kimni chalgitmoqchisiz?Loyiha-bayonotga imzo chekkanlarni esa ''liderligini bilmas ekanmiz''deb kesatiqlar otyapsiz.Boshqalarni bilmadim,shahsan men bu loyihaga liderman,deb da'vo etib emas,balki muholifat namoyondalarining ushbu loyiha-bayonotda aytganlariga qo'shilaman,deb imzo chekkaman.Bir so'zni ishlatganda uning ortida inson nomi va nomusi turgani haqida hech o'ylaysizmi? Uchinchisi, ''haqiqatan ham to'gri aytgan ekansiz,izohlar bo'limida ayrimlar inson sha'niga yaramaydigan haqoratlarni qoldirayotgani to'grisidagi tanqidingiz ,ma'qul '',deganday uni yopgan edingiz.Lekin uni yana ochib oldingiz.Maqsadingiz nima?Bu izohlar ayrim boshqa maqolalarga kelganda yopiq,siz ayblamoqchi bo'lgan odamlar haqida bo'lsa ochiq.Nega? Umuman boshqalar emas,o'zingiz ham ''o'gri'',''SNB hodimi'' singari haqoratlarni eshityapsiz.Nahotki saytingiz reytingini shu yo'l bilan ko'tarmoqchisiz? To'gri, sizning elektron sahifangiz kabi istirohat saytlar ko'p.Biri u ,boshqasi bu mavzuda deganday.Sizniki siyosiy mavzulardagi asosan shov-shuv ko'tarishga moyillik,ko'chirib bosayotgan maqolalaringizda aks etmoqda. Ayrim hollarda qo'yayotgan materiallaringizni qaerdan olingani to'grisidagi manbani ko'rsatmaganingiz uchun turli haqoratlarni eshityapsiz.Bu birinchisi bo'lganda edi,ha endi keyingi gal o'nglab qo'yadi deyilsa,lekin bu hol anchadan buyon davom etyapti. Nahotki bu kabi ta'na-yu haqoratlar nafsoniyatingizga tegmasa? Meni bu gal yozganlarimni ham saytingizga qo'yib 3-4 kishi bo'lib haqorat ettirsangiz ham mayli.Men esa samimiy, achchiq lekin bor, haq gapimni aytganim bois bir hamkasbimning qalam tebratishda biroz andisha va odob,qolaversa millionlar o'qiydigan OAVga dog tushirmasligi uchun jazm etishga undadim,deb umid qilaman.