Aziz muhlis!Va'daga vafo qilmoq kerak,deganlariday,avvalgi sahifalarda aytganimizday shoir Dilmurod SAYYID ijodidan namunalar e'lon qilishda davom etamiz.
RUBOIYLAR
Bevafoliq senga odat o'ldigin bilmas edim,
Ham sabr kosamda toqat to'ldigin bilmas edim.
Guncha lablar birla bir so'z menga izhor aylading-
Umrim guli guncha labdan so'ldigin bilmas edim!
* * *
Kel,jonim,ko'zlaring suzilaqolsin,
Manim dil saroyim buzilaqolsin.
Yolgiz bolish quchib tirik yotguncha,
Jonim quchogingda uzilaqolsin!
* * *
Aydi zohid:''Kim sanam shaydosi,do'zahdir joyi!''
Men dedim:''Menman bukundan o'shal joyning gadoyi!''
Aydi zohid:''Tangridan qo'rq,etmasin ofat desang!''
Men dedim:Oh,qaysi ofatdan kam bu dilbar chiroyi!''
* * *
Qayta sevgi rusmini na jonu,na dil istamas.
Telba yoshlik shahdini,kim ahli oqil istamas.
Dil murodini tilab necha pari ovvoradir,
Nozidin qongach vujud,ishqini ko'ngil i
...
Davomini o'qing...