Ризобек Четверг, 2024-11-14, 10.18.31
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Февраль » 20 » TOLIB AKA YOQUBOV
    14.45.29
    TOLIB AKA YOQUBOV
    Inson huquqlari himoyachilari,muholifatchilar orasida bu nomni bilmagan kishi bo'lmasa kerak.
    Albatta Tolib aka Yoqubov haqida kamina kabi havaskor qalamkash so'z aytishning uddasidan chiqishi qiyin.Lekin ikkinchi tomondan oson.Qiyin deganim shu ma'nodaki bu tabarruk,tinib-tinchimas inson haqida bir kichkina maqolada to'ligincha so'z aytish qiyin.Oson deganim esa Tolib akani hamma taniydi,hurmat qiladi.
    Taqdirning taqozosini qarangki shunday hokisor inson bilan bir necha bor ko'rishib,suhbatlashish menga ham nasib etgan.
    Lekin men Tolib akaning muholifat saflarida,inson huquqlari sohasida qilgan ishlarini,mehnatlarini bir chetdan sanab o'tmoqchi emasman.Zero buning uchun bir emas bir necha risollalar bitilsa ham kamlik qilsa kerak.
    Bugun kamina muhtaram o'quvchi e'tiborini boshqa bir jihatga qaratmoqchiman.Ya'ni oila a'zolarining deyarli hammasi inson haqlari uchun kurashib natijada hammalari aziyat chekayotganlari,Karimov zulmiga kurashda chekinmaganliklarini qahramonlik atagim keladi.
    Yaqin vaqtdan buyon Frantsiya mamlakatidan siyosiy boshpana olib muhojirotda yashayotgan Tolib aka Yoqubov,garchand betob bo'lishiga qaramay Karimov diktaturasiga qarshi,O'zbekistonda chinakam ozodlik,demokratiya yo'lida kurashni davom ettirmoqda.Bu albatta tahsinlarga loyiq.Zotan Tolib aka Yoqubov butun faoliyati davomida kurashlardan chekinmagan inson ekanini isbotlashga hojat yo'q.
    Mening o'zim ham Holland mamlakatida muhojirotda yashar ekanman Tolib aka Yoqubovning bu mamlakatda ham hamfikrlari,safdoshlari borligini bilmas edim.Ularning o'zlari so'rab-surishtirib meni topishdi va Tolib aka Yoqubov haqida to'lqinlanib hikoya qilishdi.Shunday kishilardan biri Halqaro Helsinki Inson Huquqlari Tashkilotidan hollandlik janob Jan TER LAAK Tolib aka haqida so'zlar ekan ular o'zaro hamkorliklarini aks ettiruvchi fotosuratlarni ham ko'rsatdi.
    Men bu suratlarga qaray turib,Jan Ter Laak janoblarining hikoyalaridan ta'sirlandim.
    Garchand men u janobga aytmasamda ich-ichimdan hijolat tortdim.Chunki bir mamlakatda yashab turib,Vatandosh Tolib aka Yoqubov faoliyati qirralarini Hollandda yashovchi janobchalik ham bilmas ekanman.
    ...Kunlardan bir kun Hollandda yashovchi Abu Iso ismli yigit qo'ngiroq qilib qoldi,''Rizo aka sizmisiz?'',deya,so'ng suhbatlardan ma'lum bo'ldiki Tolib aka Yoqubov Toshkentdalik paytlari bu yigitning onasi ''bolam Hollandda siyosiy boshpana izlab yurib qamalib qolibdi,yordam bersangiz'',deya murojaat qilgan ekan.Tolib akaning O'zbekistondan turib Vatandoshga yordami tufayli u ozod etilgan.Hozir Abu Iso Gollandiya fuqarosi,oilali.
    Aytmoqchimanki Tolib aka Yoqubovning bunday yordamlari sanogi yo'q.Mana kaminaga ham Tolib aka Yoqubovning hamkasblari ayni kunlarda ham ko'makdosh,kezi kelganda muhojirot qiyinchiliklarini engib o'tishda elkadosh bo'lmoqdalar.
    Lekin bir narsa meni doimo ko'nglimni tiglaydi.Nega ayrimlar ozgina qilgan-qilmagan ishlarini ''undoq-bundoq ''deb ayuhannos soladilar.Tolib aka singari fidoyilar esa jim.Nega uning qilgan ishlari ancha-muncha o'zini tahtga munosibman deyayotganlarnikidan salmoqli ekanini hech kim aytmaydi?
    Biz Tolib aka Yoqubov haqida so'z aytayotgandik.Qo'yilgan savollarga javoblar esa boshqa mavzu...Kezi kelganda bu savollarga javob topilishi aniq.

    Rizo OBID

    Прикрепления: surat 1 · surat 2 · surat 3
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz