Ризобек Суббота, 2025-06-21, 09.40.57
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 22 » Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…
    05.17.17
    Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…
    Yulduzlarga to’lgan bu oqshom,
    nurdan libos kiygan bu oqshom.
    Bakhting bo’lib kulgan bu oqshom,
    Boshing uzra to’kadi viqor,
    Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…

    Etgan ekan gulga gul buying,
    Vaslingga qasd etdi bulbuling,
    Yor –yorlardan boshlandi tuying,
    Tinmasin bir umr shu yor – yor,
    Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…

    Dilginangni titratdi nolang,
    Oq fotiha berganda dadang,
    Bundan ortiq bakht yo’qdir bilsang,
    Bergan tuzin oqlagin nigor,
    Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…

    Onajoning oq gulga o’rab,
    Yaratgandan bakhtingni so’rab,
    Oq sut uchun yorug yuz tilab,
    Uzatmoqda yosh to’kib zor – zor,
    Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…

    Muntazirdir tillo koshona,
    Sen bosh urib kirar ostona,
    Bo’layin deb senga parvona,
    Yo’llaringga boqar intizor,
    Oydin bo’lsin oy yuzing dildor…

    Dilsora Fozilova

    Kanada.

    Прикрепления: surat 1 · surat 2 · surat 3
    Жойлади: Dilsora
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz