Bu falak bedodidin o'rtondi dil, Yori agyor shevasiga qondi dil, Ne navo qildi vale Sayyod Navo, Yondi Odam,yondi Olam,yondi Dil. * * * Manim mulkim,manim so'zim - javharim, So'zimning shu'lasi yongan ahgarim. Inonmaki, o'lmas bu mulkni yitib Dard mulkim,dardi olam mehvarim. * * * Bas ey makkor,gayri iymon istamam, Bori fitna,bori yolgon istamam.. Menga onsiz ikki jahon istamam, Insonmanam o'zga unvon istamam. * * * Kezib shoir tinglagay faryodlar, Shoir tili o'z elidan dodlar. Yorab!Bogboni yo'q,elboni yo'q, Bori o'gri, kazzobu jallodlar. * * * Oncha gunoh,oncha shafqatdurur,yorab, Oncha ziyon,oncha ragbatdurur,yorab, Oncha qaygu,oncha rahmatdurur,yorab, Oncha bunyod,oncha goratdurur,yorab. * * * Kuydi ochun,men uchun faryod qil, Tutqunmanam,sen meni ozod qil, Isodin kechadurmen,deyil Sendan, O'zni qutqar va Sayyodni yod qil. Dilmurod Sayyid. Toshkent. TAHRIRIYAT:So'z shunday qudratliki u na masofa biladi,nada to'siq.So'z sh'erga aylanib qanot qoqsa bir zumda butun olamni,kiprik qoqquncha damda ikki olamni sayr etadi.Muhtaram muhlis guvohi bo'lganingizdek she'riyatga mehr qo'ygan bu ikki Vatandoshimiz she'rlari turli zamonda,turli makonda yozilgan,lekin ularning so'zlari bir zamon,bir makonda yuzlashib turibdi.Sahifamizni ko'zdan qochirmang.Mushoira davom etadi. Shu o'rinda TUZATISH:Muhtaram o'quvchilardan uzr so'rab .ta'kidlamoqchimizki,Dilmurod Sayyid yo'llagan ustoz shoir Rauf Parfi ijodiga mansub "Ona Turkiston'' to'plamidagi ''Sayyod navo'' she'rini tahririyat hatosi bilan Dilmurod Sayyid nomidan e'lon qilingan.O'z vaqtida yo'l qo'yilgan hatoni to'grilash to'grisida shoshilinch habar bergan Dilmurod Sayyidga minnatdorchilik bildirib,o'quvchilardan yana bir bor uzr so'raymiz.
|