Ризобек Четверг, 2024-11-14, 21.02.27
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 6
    Гостей: 6
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Март » 6 » Rizo OBID:''Ozodlik''ni o'zim rad etganman
    17.31.08
    Rizo OBID:''Ozodlik''ni o'zim rad etganman
    Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
    Nodonga yondasma,bosmasin gaflat.

    FIRDAVSIY.

    Ayrim ismsiz-otsizlar goh-gohda igvo-yu bo'htonlarga qo'shib,go'yoki meni ''Ozodlik'' radosiga ishga olinmaganim,ya'ni unda ishlashga munosib ko'rishmagani xususida go'ng titgan qargadek qagillab qo'yishadi.Ularga yillab parvo qilmadim va javob ham aytmadim.Lekin ular igvolariga o'zlarini va atrofdagilarni ishontirish uchun hamisha o'sha qarga kabi olazarak.
    Bugun men shularni o'ylar ekanman,igvogarlarga emas balki boshqa o'quvchilarga haqiqatni ochmoqchiman.
    Ha,''Ozodlik'' radiosiga ishga taklif etilgan edim.Lekin jamoaning o'zi bilibmi-bilmaymi diktator Karimov rejimiga xizmat qilayotganini angladim.''Ozodlik''dagilarning xurmacha qiliqlari menga yoqmadi.Shu bois men yuqorida Firdavsiy hikmatida aytilganday gaflatda qolishdan chekindim.
    ''Ozodlik'' radiosi direktori Sojidahonim Jakhfarova o'zbek tilini bilmagani uchun rus tilida quyidagi mazmunda xat yozdim.Uni o'zbek tiliga tarjima qilib,sahifa yuziga chiqaryapman.Mabodo qiziqqan yoki ishonmaganlar uchun elektron manzillarini ko'rsatib xatning asl nusxasini so'rashsa jo'natishim mumkin.Ayrimlar ''Ozodlik''da mo'may pul bo'lsa bo'ldi,deya har qanday shartlarga ko'nib ishlab kelishayotgan ekan,lekin muhtaram o'quvchiga hamma ham pul uchun o'z qarashlaridan,fikridan kechavermasligini bildirib qo'ymoqchiman.Ehtimol balandparvozlik,deb o'ylarsiz-u,lekin bu bor gap.
    Xullas 2006 yil,14 iyunda Sojidaxonimga yo'llagan maktubim .Avval uning rus tilida keyin o'zbek tiliga tarjimasi(tarj.R.O.)bilan tanishing:
    ''Assalom, Sojidaxonim!
    Kak Vashe samochuvstvie.V subbotu ya poslushal svoy material i chut li ne uznal. Oktam aka ochen naverno postaralsa peredelat ego kak luchshe,no mne kajetsa poluchilos posmesheshe.Ya napisal samomu Oktam aka ob etom chut po drugomu,nadeyus on menya ponyal.
    Sojidaxonim,ya o sebe ne budu davat otsenki,no kto menya znaet,pust budut znat takim,kakim ya est,a ne takim,kotoriy podstraivaetsa pod drugim stilem.Esli net,to znachit sovsem net!
    S glubokim uvajeniem Rizo.''
    * * *
    Endi shu xatning o'zim baholiqudrat o'zbek tiliga tarjimam bilan tanishing:

    ''Assalom,Sojidaxonim!Axvollaringiz yahshimi?Shanba kuni men o'z materialimni eshitib,uni tanimay qolishimga sal qoldi.O'ktam aka uni yahshi bo'lsin,deya qayta ishlashga qattiq uringani ehtimol.Lekin mening nazarimda u kulguli holga tushgan.O'ktam akaning o'ziga ham bu haqda sal boshqacharoq qilib yozdim.Umid qilamanki,u meni to'gri tushunadi.
    Sojidaxonim,men o'zimga-o'zim baho bermoqchi emasman,ammo meni bilganlar qanday bo'lgan esam shundayligimcha bilishsin,allakimlarning usuliga moslashadigan kishiday emas.
    Agar yo'q esa,umuman yo'q!
    Sizga chuqur hurmat bilan Rizo."

    Ushbu maktubdan keyin uzoq vaqt ularning unlari o'chdi.Chunki ''Ozodlik''da bugun ishlayotganlarga o'z usuli,fikri bilan ishlaydigan odam kerak emas edi.Karimov rejimiga ular bilan xizmat qilishga esa men ko'nmadim.Ko'nmayman ham.Mening dushmanim diktator Karimov va unga sherik bo'lganlardir.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz