Ризобек Четверг, 2024-11-14, 10.05.27
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 6
    Гостей: 6
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Март » 06
    Karimov bugun kim?Bu savolga kim javob aytadi?Men,siyosatchi bo'lmaganim uchun ko'pda ko'p narsalarga tushunmayman.Umuman olganda siyosat,deganlari Karimov singarilarga xizmat qilayotgani uchun uni tushungim ham kelmaydi.
    Lekin savol baribir savolda, u qaddini bukchaytirib,javob topib ber,deb turib oladi.Hullas hech tinchlik bermaydi.
    Katta siyosatchilar ko'plari aytishyaptiki,Karimov hamma mavjud qonunlar bo'yicha Prezidentlik muddati nihoyasiga etdi.Ayni paytda uning O'zbekiston davlat tepasida turishi noqonuniy bo'lib,bu jinoyat,deyishmoqda.
    Menimcha ham shunaqa.Chunki,o'zini-o'zi saylataverib charchamagan Karimov qonunlarga tupurib, bezraygancha poshsho bo'lib o'tiribdi.
    Lekin anovi Evropa Ittifoqi,yana allaqancha davlat,halqaro tashkilotlar uni o'zaro muloqotga kirishish uchun tirishib yotishibdi.Bu haligi bo'ridan qo'zichoqni ema ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 773 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-03-06 | Комментарии (1)

    Bolaligimizda ''aji keldi qoch,bo'ji keldi qoch'' o'yini bo'lar edi.Bu o'yinning mohiyati,hadeganda sho'hlik qilib o'rniga uxlashga yotavermaydigan bolalarning onalari ''uxla,hozir aji-bo'ji kelib eb ketadi'',deb cho'chitib qo'yish edi.Dovyurakroqroq bo'lalar bunday o'yinda ''qani osha aji-bo'ji,uni ko'raman'',deb tixirlik qiladiganlari ham bor edi.
    Aslida gapni ancha uzoqdan boshlab yubordimku-ya,aslida o'ris amaldori Neqilaymi yo Nekelaymi Fradkov,deganning O'zbekistonga kelgani va o'zbek xukumati,deb atalayotgan aslida allaqachon yuzini yo'qotib bo'lgan o'ziga xon,o'ziga bekmaslarining Toshkent aeroporti atrofida nazoratni kuchaytirib,odamlarni vahimaga solishi o'sha bolaligimizda ''aji keldi qoch,bo'ji keldi qoch'' o'yinini eslata ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 816 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-03-06 | Комментарии (0)

    Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
    Nodonga yondasma,bosmasin gaflat.

    FIRDAVSIY.

    Ayrim ismsiz-otsizlar goh-gohda igvo-yu bo'htonlarga qo'shib,go'yoki meni ''Ozodlik'' radosiga ishga olinmaganim,ya'ni unda ishlashga munosib ko'rishmagani xususida go'ng titgan qargadek qagillab qo'yishadi.Ularga yillab parvo qilmadim va javob ham aytmadim.Lekin ular igvolariga o'zlarini va atrofdagilarni ishontirish uchun hamisha o'sha qarga kabi olazarak.
    Bugun men shularni o'ylar ekanman,igvogarlarga emas balki boshqa o'quvchilarga haqiqatni ochmoqchiman.
    Ha,''Ozodlik'' radiosiga ishga taklif etilgan edim.Lekin jamoaning o'zi bilibmi-bilmaymi diktator Karimov rejimiga xizmat qilayotganini angladim.''Ozodlik''dagilarning xurmacha qiliqlari menga yoqmadi.Shu bois men yuqorida Firdavsiy hikmatida aytilganday gaflatda qolishdan chekindim.
    ''Ozodlik' ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 1657 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-03-06 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz