Bolaligimizda ''aji keldi qoch,bo'ji keldi qoch'' o'yini bo'lar edi.Bu o'yinning mohiyati,hadeganda sho'hlik qilib o'rniga uxlashga yotavermaydigan bolalarning onalari ''uxla,hozir aji-bo'ji kelib eb ketadi'',deb cho'chitib qo'yish edi.Dovyurakroqroq bo'lalar bunday o'yinda ''qani osha aji-bo'ji,uni ko'raman'',deb tixirlik qiladiganlari ham bor edi. Aslida gapni ancha uzoqdan boshlab yubordimku-ya,aslida o'ris amaldori Neqilaymi yo Nekelaymi Fradkov,deganning O'zbekistonga kelgani va o'zbek xukumati,deb atalayotgan aslida allaqachon yuzini yo'qotib bo'lgan o'ziga xon,o'ziga bekmaslarining Toshkent aeroporti atrofida nazoratni kuchaytirib,odamlarni vahimaga solishi o'sha bolaligimizda ''aji keldi qoch,bo'ji keldi qoch'' o'yinini eslatadi. Oyoqlari ostiga gilamlar to'shalib, 8 mart yaqinlashgani uchun atlas ko'ylak kiyib,guldastalar ko'targan o'zbek qizlarini o'payotgan Neqilayni oddiy odamlar ko'rib qolmasin ,deb ehtimol shunday extiyotkorlik qilinayotgandir,deb o'ylarsiz.Yo'q unday emas.Bu Karimov degan diktator bunaqangi holatdan qizarish tugul mitirgasi miq etsa o'lsin. Gap boshqa yoqda.Nimada,deysizmi?Mana eshiting. Neqilay ''ozbekistonning nafaqat gazini,balki barcha boyliklari-yu boshqa narsalari bilan birga yutib yuborishga tayyorman,deb kelgan.Ayting,ayting erta o'tib indin o'ris ogalari Karimovning o'zini ham yutib chiqitga chiqarib yubormasinda.Ha,nima qipti shunday bo'lsa,deysizmi?Ha,haqiqatan ham siz haqsiz.Karimov uchun ogasiga paytava bo'ldi nima-yu,axlat bo'ldi nima,demoqchisizda-a? E,ha aytganday qo'rqoqroq bo'lsangiz qochavering:yo aji yo bo'ji kelgani rost. Rizo Obid.