Karimov bugun kim?Bu savolga kim javob aytadi?Men,siyosatchi bo'lmaganim uchun ko'pda ko'p narsalarga tushunmayman.Umuman olganda siyosat,deganlari Karimov singarilarga xizmat qilayotgani uchun uni tushungim ham kelmaydi. Lekin savol baribir savolda, u qaddini bukchaytirib,javob topib ber,deb turib oladi.Hullas hech tinchlik bermaydi. Katta siyosatchilar ko'plari aytishyaptiki,Karimov hamma mavjud qonunlar bo'yicha Prezidentlik muddati nihoyasiga etdi.Ayni paytda uning O'zbekiston davlat tepasida turishi noqonuniy bo'lib,bu jinoyat,deyishmoqda. Menimcha ham shunaqa.Chunki,o'zini-o'zi saylataverib charchamagan Karimov qonunlarga tupurib, bezraygancha poshsho bo'lib o'tiribdi. Lekin anovi Evropa Ittifoqi,yana allaqancha davlat,halqaro tashkilotlar uni o'zaro muloqotga kirishish uchun tirishib yotishibdi.Bu haligi bo'ridan qo'zichoqni emagin-a ,deb so'raladigan ertakni eslatadi.Ha,ahir uning hamma vakolatlari ja'miki qonunlar bo'yicha tugagan bo'lsa, yana u bilan muzokara qilish uchun urinishning nima keragi bor.Uni Halqaro qonunlar bo'yicha allaqachon sud qilish kerakmasmi?Uning qilmishlari allaqachon o'z isbotini topib bo'lganku.Shunaqa tushunmay qolaman-da.Kim aytadi,Karimov qanday asosga ko'ra taxtda o'tiribdi? Bek.