Ризобек Пятница, 2025-06-20, 12.10.12
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 8 » Bugun erta tongda
    02.22.57
    Bugun erta tongda
    Bugun erta tongda O'zbekistonda,
    Chiqishar onalar ochiq maydonga.
    La'natlab zulmkor Ise poshshoni,
    Alamla boqishar saroy tomonga.

    Bugun o'zbek uchun O'zbekistonda,
    Bitta yuho doim olov purkaydi.
    Lekin bolajonin sevgan millatim,
    Ajdarning boshini yulib tashlaydi.

    Askar bola sen ham o'zbek bolasi,
    Andijonda otganing o'zingning onang.
    Posbon bo'l,bo'lmagin millat olasi,
    Bo'lgin yigit,degan nomingga monand.

    Bir qonho'rni to'ydirgani choglangan mirshab,
    Qancha tentiraysan so'qirga o'xshab?
    Naxot sezmasanngga azobli ohni,
    Ruhlar chinqirishib yotganin qaqshab?

    Ko'zing och boshingda devning soyasi,
    Ko'zing och mudrama o'zbek bolasi.
    Yuragingga quloq os faryod etmoqda,
    Shahidlar joni-yu ,go'dak nolasi.

    Qani o'zbek,degan mard inilarim,
    Do'ppini qayoqqa otib qo'ydingiz?
    Bildingizmi yoki bilmadingizmi,
    Amalga millatni sotib qo'ydingiz?

    ''Muhammad egnida yirtiq ko'ylakka,
    Arzimas shohlarning qasru boyligi!''
    Qo'zgaling o'zbegim,tanda jon bo'lsa,
    Etar Ise degan shoh bedodligi!

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz