Avvalo uzr.Kim samimiy so'zlayotgan esa ko'ngillariga olmasinlar.Kamina hech kimni kamsitmoqchi emas.Faqat bir o'tinchim : uzoq vaqtlardan buyon turli yo'llar,turli usullar bilan meni chalgitmoqchi bo'lishadi.Turli ko'chalarga kirishimni so'rashadi.Lekin,kechirasiz,men Siz aytgan ko'chaga kirmayman,Siz yurgan yo'llardan yurmayman.E'tibor qilingga,men sizni bosh harf bilan ''Siz'',deb atayapman.Siz baribir insonsiz - insoniyatga adashmoq,xato qilmoq xosdir.Lekin kimningdir nafsoniyatiga ko'ra bila turib,tegish,buning nomini qanday atashni uzr bilmayman.Kamina idrok qilolmagan sir-sinoatlar albatta talaygina.Ammo yana bir bor uzr so'rab aytmoqchiman,Siz meni tanlagan yo'limdan istagancha makr-hiyla,yo o'zga bir yo'sinda qaytara olmaysiz. Mening yo'lim bitta,U shunday yo'lki,unda men O'zbekiston diktatori Karimov,deganning yo'liga to'siq qo'yish.Meni Andijonda
... Davomini o'qing...
Juda yaqin zamonda, Allaqaysi tomonda. Bir ko'knori bor ekan, Hayol unga yor ekan. Ko'knori iyagiga, Po'stak yopishtiribdi. Hayolidan kechganin, So'z deb cho'qishtiribdi. Qaniydi,deb o'y surar, Ko'knori shox bo'lsam,deb. Taxtga minib olsam-u, Keyin mayli o'lsam,deb. Ko'knoriga ko'pchilik, Maslahatlar beribdi. Ammo u bedavo esa, Tinmay hayol suribdi. Uch-to'rt ulfat orttirib, Yurarkan murid ovlab. Dardi ogir tuzalmas, Yulduz sanarkan oylab. Ko'knori ulfatlari, Deyishibdi sen poshsho. Biri debdi men vazir, Goh-goh tovonin qashib. Ertakchamning davomin , O'qiysiz kelgusida. Ko'knori ne bo'ladi, Sir emas bo'lgusida.