Avvalo uzr.Kim samimiy so'zlayotgan esa ko'ngillariga olmasinlar.Kamina hech kimni kamsitmoqchi emas.Faqat bir o'tinchim : uzoq vaqtlardan buyon turli yo'llar,turli usullar bilan meni chalgitmoqchi bo'lishadi.Turli ko'chalarga kirishimni so'rashadi.Lekin,kechirasiz,men Siz aytgan ko'chaga kirmayman,Siz yurgan yo'llardan yurmayman.E'tibor qilingga,men sizni bosh harf bilan ''Siz'',deb atayapman.Siz baribir insonsiz - insoniyatga adashmoq,xato qilmoq xosdir.Lekin kimningdir nafsoniyatiga ko'ra bila turib,tegish,buning nomini qanday atashni uzr bilmayman.Kamina idrok qilolmagan sir-sinoatlar albatta talaygina.Ammo yana bir bor uzr so'rab aytmoqchiman,Siz meni tanlagan yo'limdan istagancha makr-hiyla,yo o'zga bir yo'sinda qaytara olmaysiz. Mening yo'lim bitta,U shunday yo'lki,unda men O'zbekiston diktatori Karimov,deganning yo'liga to'siq qo'yish.Meni Andijondagi voqeralar larzaga soldi.Lekin Karimovning ustod Boymirza Hayitning so'nggi iltijosi,o'z Vatanida so'nggi nafasini olish istagini rad etgan Karimovni men kechira olmayman.Hoh ayol zoti bo'ling,hoh boshqa jinsdan farqi yo'q.Ehtimol to'gri,ehtimol noto'gri meni Karimovga qarshi kurashdan chalgita olmaysiz.Siz kimsiz?Siyosatda qanday mavqega egasiz,ijtimoiy jabhada qaysi o'rindasiz,menga unchalik qizigi yo'q.Menga muhimi,Siz agar O'zbekistonni chinakam hur diyor bo'lishini istasangiz har-hil bo'lar-bo'lmas fikrlarni miyanggizdan siqib chiqarasizda, kaminaga hamroh bo'lasiz.Yo'q esa ,bilingki yo'llarimiz ayro-ayro.Yana bir bor o'tinaman,kaminani ushbu yo'ldan chalgitishga behuda urinmang.