
Kunda, kun ora pochtamizga turli mazmundagi maktublar kelib turibdi.Ular orasida haqoratlar ham,maqtovlar ham bor.Nima bo'lganda ham bizni yoddan chiqarmay nimadir yozayotganingiz yahshi.Ammo haqorat qilish,kurakda turmaydigan so'zlarni ishlatishdan nahotki ba'zilar huzurlansa,deya o'ylab qolasan.Maqtov aytayotganlar esa o'rinsiz, goyat balandparvoz so'zlari bilan kishini o'ngaysiz ahvolgga soladi.O'quvchilarga shuni aytmoqchimizki,hali biror bir maqtovga arzigulik hech bir ishni do'ndirib qo'yganimiz yo'q.Chunki qilayotgan ishingizdan biror kishiga hoh ma'naviy, hoh boshqa bir yo'sinda jilla qursa jinday naf tegsa mabodo, bu - bir insoniylik burch holosku.
Lekin maktublar orasida bizning sahifamizda o'z chizgilari bilan qatnashib turgan bir ijodkorgina ancha-muncha e'tiborga molik fikrlar aytgan.U tanqidni shunaqangi ko'ngilga botmaydigan tarzda samimiyat
...
Davomini o'qing...