Ризобек Пятница, 2024-11-15, 02.39.50
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 28
    Гостей: 28
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Март » 17 » Zulmatga qarshi nur kerak
    23.40.49
    Zulmatga qarshi nur kerak
    Kunda, kun ora pochtamizga turli mazmundagi maktublar kelib turibdi.Ular orasida haqoratlar ham,maqtovlar ham bor.Nima bo'lganda ham bizni yoddan chiqarmay nimadir yozayotganingiz yahshi.Ammo haqorat qilish,kurakda turmaydigan so'zlarni ishlatishdan nahotki ba'zilar huzurlansa,deya o'ylab qolasan.Maqtov aytayotganlar esa o'rinsiz, goyat balandparvoz so'zlari bilan kishini o'ngaysiz ahvolgga soladi.O'quvchilarga shuni aytmoqchimizki,hali biror bir maqtovga arzigulik hech bir ishni do'ndirib qo'yganimiz yo'q.Chunki qilayotgan ishingizdan biror kishiga hoh ma'naviy, hoh boshqa bir yo'sinda jilla qursa jinday naf tegsa mabodo, bu - bir insoniylik burch holosku.
    Lekin maktublar orasida bizning sahifamizda o'z chizgilari bilan qatnashib turgan bir ijodkorgina ancha-muncha e'tiborga molik fikrlar aytgan.U tanqidni shunaqangi ko'ngilga botmaydigan tarzda samimiyat bilan bayon qilganki,o'zbek tili kishi fikrlarini aytishi uchun goyat boy til ekanini his qilasiz.Maktub egasining ismi-sharifini aytmayotganimizning sababi u bu fikrlarni sahifada e'lon qilish uchun yozmagan.U atrofda ro'y berayotgan voqea-hodisotlar haqida kuyinib yozarkan shunday deydi:''...biz hozir yashayotgan dunyo qanchalar shiddat bilan o'zgarib borayotir,lekin biz esa mayda-chuyda shahsiy fikrlar atrofida o'ralashib qolmayapmizmi?...''
    Ha,xat muallifi haq so'zni aytgan.U nur haqida aytar ekan, fikrini davom ettirib, shunday deydi:''...kimlardir bizga haqoratlar yogdirayotgan ekan,ularga haqorat bilan javob qaytarish shart emas,zero zulmatni zulmat bilan emas,nur bilan yoritib,ularning qalbiga ham etkazish kerak,deb o'ylayaman.Kimning kimligini esa vaqt ko'rsatadi...''Bu galgi chizgilarimizni Vatandoshimizning maktubidagi shu mazmundagi fikri bilan yakunlab, aziz o'quvchini ham bu borada mushohada qilishlarini istardik.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz