Yana Navro'z keldi armonga to'la, Soginch,iztiroblar olib bir yo'la. Kim uni atadi kelinchak suluv, Kimningdir yuragida qo'rqinchu guluv. Ancha bo'ldi o'zbekka Navro'z tatimas, Yurakdan bayram,deb ochiq atamas. Chunki dasturxoni quruq non etmas, Olisdagi bolajoni yurtga qaytolmas. Eh,Navro'z qaniydi navro'z bo'lolsang, Chin shodlik ulashib,bayram bo'lolsang. So'nggi nafasini olmoq istagan, Bolangni quchogingga bir bor bosolsang. Nega shundoq bo'ldi ey,Navro'zjonim, Zulmlar shohiga etasan ta'zim. Axir poying uzra xor bo'lgan qolib, Nega zolim shoxni etasan aziz? Ne bo'lsa ham mayli,kel ey Navro'zjon, Sendan umidvordir minglagan ko'zlar. Lekin bilib qo'yki,seni sevganlar, Sahrolar qo'ynida seni deb bo'zlar. Senga munosibroq so'z aytolmadim, Haqdan o'zga rozni ayta olmadim. Qancha urinmayin qalbim dardlarin, To'kmoqlikdan o'zni tiya olmadim. Rizo Obid.
|