Ризобек Четверг, 2025-06-19, 21.46.37
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 3
    Гостей: 3
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 20
    Ikkalasi bir-biriga aynan o'xshaydi,deganlarning fikriga to'la qo'shilmayman.Yo'q,ular bir-biroviga mutlaqo o'xshamaydi,deganlarning fikriga ham qo'silolmayman.Chunki ularning har ikkisining Karimov iborasi,Madaminov ''goya''siga ko'ra ''oziga xos,o'ziga mos'' tomonlari bor.
    Hozir ikkovining hamma o'xshashliklarini bir boshdan sanab chiqmoqchimasman.Agar shunday qilinsa birinchidan vaqt uvol,ikkinchidan ular bunga munosib emas.
    Xullas,oxshashliklari shundaki,har ikkisi maqtovni hush ko'radi.Karimov qo'girchoq maddohligiga yaramaganlari bugun Madaminov qogirchoq-maddohiga aylanishgan.Na maddohda,na madh etiluvchida zarracha uyat yo'q.Ha,ha uyat yo'q.Boshqacha atab bo'lmaydi
    Sirtdan boqsangiz bu ikki gurux bir-biridan keskin farq qiladiganday tuyuladi.Chunki biri Karimov hukmronligini istasa,ikkinchi guruh Madaminov hukmronligini istaydi.Aslida ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 921 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-03-20 | Комментарии (0)

    Gapni cho'zib o'tirmay,ko'ngildan kechayotganlarini shartta aytib qo'ya qolay.
    O'zbekistondagi ishga yaroqli kishi borki bugun oilasini tark etib u yoq,bu yoqqa,xullas boshi oqqan tomonga non izlab keta boshlaydi.Ular go'yo zimiston qish o'lkalarni tark etib, issiq tomonlarga gala-gala bo'lib,uchib ketayotgan qushlarga o'xshaydi.Ularning qorni och.Ayrim kimsalar esa huddi ''qorni to'qning qorni ochdan xabari yo'q'' qabilida avval ham aytganimday allaqaydagi o'zining safsatasini sotib,uni boyagi och-yupunlarga edirmoqchi bo'ladi.Bunday safsatabozlarga qarab turib ,osmondan tushganmisan,deging keladi.Bir aytasan,o'n aytasan,lekin safsataboz ogiz ko'pirtirishdan to'xtamaydi.
    Eng ajablanarlisi o'zini demokrat,odil sanovchi aslida qizilishton kabilar tumshuqlarini duch kelgan joyga to'qillatib urib,pachoq qilishlarini anglamaydilar.
    Bundaylarning o ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1312 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-03-20 | Комментарии (0)

    Ёрилгин тош, ёрил тош,
    Ман такдири кораман.
    Ёрилмасанг багрингни,
    Дардим айтиб ёраман.

    Аждар келди кибладан,
    Пуркаб элга оловин.
    Ёр кайтмади жуьмадан,
    Ёрилгин тош ёрилгин.

    Йук бошимга бошпана,
    Хисларимга чукди тун.
    Дунёнг колсин ардона,
    Ёрилгин тош, ёрилгин.

    Унта тугмай ул онам,
    Уч кизинг хам тул онам,
    Узинг булдинг кур онам
    Ёрилгин тош ёрилгин.

    Етти огам, гур огам,
    Учин жойи гур огам
    Тош ичида зур огам
    Ёрилгин тош ёрилгин.

    Углим бордир бешикда,
    Мен аламга шерикда,
    Миршаб кутар эшикда,
    Ёрилгин тош, ёрилгин.

    Бева колди ёш бошим,
    Захардан ачик ошим,
    Сендан каттик бардошим,
    Ёрилгин тош ёрилгин.

    Улсам туриб кетаман,
    Гурдан юриб кетаман,
    Арвох уриб кетаман,
    Ёрилгин тош ёрилгин ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 1072 | Добавил: Dilsora | Дата: 2007-03-20 | Комментарии (0)

    Yana Navro'z keldi armonga to'la,
    Soginch,iztiroblar olib bir yo'la.
    Kim uni atadi kelinchak suluv,
    Kimningdir yuragida qo'rqinchu guluv.

    Ancha bo'ldi o'zbekka Navro'z tatimas,
    Yurakdan bayram,deb ochiq atamas.
    Chunki dasturxoni quruq non etmas,
    Olisdagi bolajoni yurtga qaytolmas.

    Eh,Navro'z qaniydi navro'z bo'lolsang,
    Chin shodlik ulashib,bayram bo'lolsang.
    So'nggi nafasini olmoq istagan,
    Bolangni quchogingga bir bor bosolsang.

    Nega shundoq bo'ldi ey,Navro'zjonim,
    Zulmlar shohiga etasan ta'zim.
    Axir poying uzra xor bo'lgan qolib,
    Nega zolim shoxni etasan aziz?

    Ne bo'lsa ham mayli,kel ey Navro'zjon,
    Sendan umidvordir minglagan ko'zlar.
    Lekin bilib qo'yki,seni sevganlar,
    Sahrolar qo'ynida seni deb bo'zlar.

    Senga munosibroq so'z aytolmadim, ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 746 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-03-20 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz