Ризобек Четверг, 2025-11-13, 16.42.49
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Март » 20 » Safsatabozlik
    13.21.07
    Safsatabozlik
    Gapni cho'zib o'tirmay,ko'ngildan kechayotganlarini shartta aytib qo'ya qolay.
    O'zbekistondagi ishga yaroqli kishi borki bugun oilasini tark etib u yoq,bu yoqqa,xullas boshi oqqan tomonga non izlab keta boshlaydi.Ular go'yo zimiston qish o'lkalarni tark etib, issiq tomonlarga gala-gala bo'lib,uchib ketayotgan qushlarga o'xshaydi.Ularning qorni och.Ayrim kimsalar esa huddi ''qorni to'qning qorni ochdan xabari yo'q'' qabilida avval ham aytganimday allaqaydagi o'zining safsatasini sotib,uni boyagi och-yupunlarga edirmoqchi bo'ladi.Bunday safsatabozlarga qarab turib ,osmondan tushganmisan,deging keladi.Bir aytasan,o'n aytasan,lekin safsataboz ogiz ko'pirtirishdan to'xtamaydi.
    Eng ajablanarlisi o'zini demokrat,odil sanovchi aslida qizilishton kabilar tumshuqlarini duch kelgan joyga to'qillatib urib,pachoq qilishlarini anglamaydilar.
    Bundaylarning otini aytib kimligini beliga naqd qilib tugib qo'yganingdan keyin: ''ha,to'gri aytasiz'',deb tan oladida yana tumshugini to'qillatib urishdan to'xtamaydi.Mayli,bilganingni qil.Lekin boshqalarga osilib nima qilasan.O'zing osilib kelgan aravangga osilib ketaver.
    Bunday safsatabozlar yuqorida ham aytganimday osmondan tushgan kabi taassurot qoldiradi.
    Nega desangiz, odamlarning bugungi ahvolidan xabardormas,deyilsa xato bo'larkuya,lekin ular holatini to'laqonli his qila olmaydi.
    Yaqinda Namangan viloyatining Chortoq tumanida yosh yigitni 3 yilga ozodlikdan mahrum etishdi.Nima sababdanligini bilasizmi?U o'zi kuyov bo'lgan xonadonga jo'ralari bilan charlarga borgan va o'sha joyda omborda 3 qop bugdoy borligini ko'rib, ko'nglidan nima o'tgan esa shuni qilgan.Nima o'tgan dersiz.Charlardan qaytgach,jo'ralari bilan tunda o'sha o'z qaynota-qaynonasining omboridagi 3 qop bugdoyni o'girlab chiqqan.O'z kuyovining bunday qilganidan bexabar qaynota o'girlik haqida militsiyaga xabar bergan.O'girlik izlari kuyovi uyiga olib borgan va natijada...
    Bu xaqda O'zbekistondagi istirohat gazeti bir sahifali dedektivnamo hikoya chop etgan.Xuddi shu gazetda Vatanga muhabbat,qonun ustuvorligi,farovon hayot haqida lof-qof materiallar berilgan.Kuyovbola noto'gri qilgan.O'girlik azim gunoh.Lekin nima sabab bu gunohga u qo'l urdi?Menimcha illat haqida so'z yuritilar ekan,uning qaerdan kelib chiqqan va uni qanday bartaraf etish muammolari haqida fikr yuritish kerak.
    Safsata sotib ''unday qilodurman,bunday qilodurman'',deb kecha yangi tili chiqqan go'dak ham qo'yib beringga kecha-yu kunduz bidirlashi mumkin.Lekin bedananing pitpildigi kabi safsatabozlik kimga kerak?

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz