Ikkalasi bir-biriga aynan o'xshaydi,deganlarning fikriga to'la qo'shilmayman.Yo'q,ular bir-biroviga mutlaqo o'xshamaydi,deganlarning fikriga ham qo'silolmayman.Chunki ularning har ikkisining Karimov iborasi,Madaminov ''goya''siga ko'ra ''oziga xos,o'ziga mos'' tomonlari bor. Hozir ikkovining hamma o'xshashliklarini bir boshdan sanab chiqmoqchimasman.Agar shunday qilinsa birinchidan vaqt uvol,ikkinchidan ular bunga munosib emas. Xullas,oxshashliklari shundaki,har ikkisi maqtovni hush ko'radi.Karimov qo'girchoq maddohligiga yaramaganlari bugun Madaminov qogirchoq-maddohiga aylanishgan.Na maddohda,na madh etiluvchida zarracha uyat yo'q.Ha,ha uyat yo'q.Boshqacha atab bo'lmaydi Sirtdan boqsangiz bu ikki gurux bir-biridan keskin farq qiladiganday tuyuladi.Chunki biri Karimov hukmronligini istasa,ikkinchi guruh Madaminov hukmronligini istaydi.Aslida qaraganda esa maslaklari bir.Har ikki guruh maddohlari ham mansabtalab,manfaattalab kimsalar. Karimov maddohlari kazzobga aylanib,bu kazzobliklarini bo'ynilariga olib ochiqchasiga yaloqho'rlik qiladilar. Madaminov maddohlari esa maddohliklarini demokratiya,ozodlik singari so'zlardan iborat to'nga o'rab kazzoblik qilishga harakat qilishadi.Ammo to'shak qisqa bo'lgach ,qanchalik bor bo'yingni yopishga harakat qilma yo oyoq,yo qo'l chiqib qolavergan singari har ikki diktatorning ham asli basharasi manaman ,deb yaqqol ko'rinib qolaveradi. Ayrimlar,Madaminovni biroz hurmat qiling ,deyishadi.Men uni hurmatsiz qilmoqchimasman.Men uning kimligini aytmoqchiman xolos. Axir uning Karimovdan nima farqi bor?Menimcha uning Karimovdan farqi shuki,bugun uning qo'lida hukumat quroli yo'q xolos.U iqtidorga kelsa bugun qo'lidagi qo'girchoqlar bilan o'ynagan kabi sho'rlik o'zbek halqining sho'riga sho'rva to'kadi. Albatta ,Madaminov kabi kimsa davlatga bosh bo'lishiga etti qovun emas, etmish qovun pishigi bor deyilsa ham kamlik qiladi.Lekin uning atrofidagilar Madaminov bechoraniyam rosa uloq-uloq qilib,po'staggini yirtishyapti.Parokandasi chiqqan Madaminovni xuddi Karimov maddohlari kabi qanchalik yamab-yamqashga urinishmasin,baribir yamoq-yamoqda,uning goh u,goh bu joyi so'kilib-so'kilib sharmanda qilib qo'ymoqda. Mana,hozir ushbularni yozib,endi sahifaga qo'yuvdimki,bir tanish telefon qilib,''nima keragi bor,shundoq ham Madaminovning kimligi sir bo'lmay qoldiku'',deb qoldi.Men unga:''ularning hamma gapi bir bo'gim,peshonasiga shu qo'lim'',deb javob berdim...