
Hayriyat shu oqshom topding o'zingni,
Va aytding yurakda tugilgan so'zing.
Adashma tanlagan yo'lingdan aslo,
Endi nurni ko'rmoqda ochilib ko'zing.
Nur,deb talpinganing sarob edi dil,
Men shodman chin nurga talpinganingan.
Ko'nglim sezayotir sen bokirasan,
Bilinib turibdi qalqinganingdan.
To'xtama, boraver nurni quchmoqqa,
Lek yaqin yo'lama kuyib qolmagin.
Xavotirim bilsang sen ham men kabi,
Vafosizni oxirda suyib qolmagin.
Hayriyat sen borsan,yolgiz farishta,
So'zlaring shiviri yoqadi dilim.
Sening ko'ngling dilim, bu sening ko'ngling,
Bu mening kanglumdir,bu maning kanglum.
Yana tanlamoqqa shaylanma so'zni,
Neki bor ko'nglingda to'kib solaqol.
Agar ishonmasang mening so'zimga,
Mayli shu jonimni o'zing olaqol!
Rizo Obid.