Bo'ldi endi ortiq she'rlar yozmasman, Nafosat qo'shigin kuylay olmasman. Ko'z yoshim bo'gzimga kelgudek bo'lsa, Alamim qalamdan ola bilmasman. Qalam menga bo'ldi hamisha yo'ldosh, Nafaqat do'st emas,balki bir sirdosh. Dardlarim tingladi,bo'ldi u madad, Lek sirlarim varaqqa etib qo'ydi fosh. Yo'q bo'ldi,endi hech she'rlar yozmasman, Yiglarman azobdan,lek bosh egmasman. Ostonangni tark etmoq men uchun ogir, Lek hech ham fikrimdan qayta olmasman. Shahzoda KARABAEVA. Kanada.
|