Ризобек Пятница, 2024-11-15, 02.42.24
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 26
    Гостей: 26
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Март » 31 » Orolchaning malikasi Malika
    13.14.42
    Orolchaning malikasi Malika
    Xollandga kelib bir muddat muhojirlar markazida yashagach,shu mamlakatning qoq o'rtasida joylashgan Maurik shaharchasidan bir o'zimga ikki qavatli uy berishdi.Muhojirlar markazida ancha-muncha o'zbeklar bo'lib,bir-birimizga issiq-sovugimizda dalda berib turar edik.Yangi yashash joyimda esa hech kimni tanimayman.Yangi do'stlar topguncha ancha qiynalsam kerak,degan o'y kechardi ko'nglimdan.Birinchidan xolland tilini tuzuk bilmayman,qolaversa bu mo'jazgina ,ammo go'zal shaxarchada biror Vatandosh yoki millatdoshni uchratishni xayol qilmasa ham bo'laveradi.Chunki muhojirlar markazi joylashgan, Maurikka nisbatan kattakon Amersfoort shahridada O'zbekistonliklar bo'lmagach , bu makonda qaerdan ham bo'lishsin.O'zimcha bu shaharchani o'zbeklardan birinchi bo'lib men kashf etgan bo'lsam kerak,deb o'yladim.Lekin,qo'shnilarim ozarboyjonlik oila bo'lib,ular ozar va rus tilida gaplashishi menga ancha taskin berdi.
    Yangi uyga, ro'zgorga zarur bo'lgan ninadan tortib,ipgacha deganday jihozlar harid qilish tashvishi bilan yurgan kunlarning birida eshik qo'ngirogi jiringlab qoldi.Borib eshikni ochsam, qorako'z,qorasoch,bugdoyrang yuzli bir qiz turibdi.Xayolimdan:nahotki o'zbek bo'lsa,degan o'y yarq etib o'tib ulgurmay notanish qiz: ''assalomu alaykum,mehmonga keldim'',deya o'zbekcha so'zlab turibdiku.Shu holatdagi hayajonni tasavvur qilavering.
    To'gri, uning talaffuzida ko'proq rus tili aks etardi.Lekin u mening millatdoshim edi.Bir piyola choy ustida tanishdik.Ismi Malika ekan.Asli Andijonda tugilgan bo'lib,taqdir taqozosi bilan Xollandga kelib qolibdi.Keyinchalik Malika tez-tez kelib-ketib hol-ahvol so'rab turdi.Kunlardan birida Andijonga qo'ngiroq qilib,uning qarindoshlarini topdik.Afsuski, Malikaning otasi Otajon buva 75 yoshida vafot etibdi.Albatta bu habar Malikani iztirobga soldi.Men uni yupatgan bo'ldim.U uyiga ketar chogida ,''maylimi men sizni mehmonga taklif etsam'',deb qoldi.Dam olish kunlarining biriga kelishdik.O'sha kuni Malika o'zi mashinasida kelib olib ketdi.Otajon buvaning ruhiga bagishlab is chiqardik va duolar o'qidik.
    Men yashayotgan shaharchaning shundoqqina yonida mahalliy sayyohlar,yoz mavsumlarida esa Germaniya,Belgiya kabi qo'shni mamlakatlardan ham dam oluvchilar bilan gavjum bo'ladigan orolcha bor.Orolchaning ham nomi Maurik,deb ataladi.Ya'ni Maurik oroli.Malika ana shu Maurik orolida yashar ekan.Suvning o'rtasida joylashgan uy.Derazadan tashqariga qarasangiz xuddi kemada suzib ketayotganday his qilasiz o'zingizni.
    Orolchaning malika-sohibasi esa o'zimizning andijonlik Malika.Orolga avtomobillar kirish joyida to'siq qo'yilgan,maxsus elektron kartasi bor sayyohgina bu to'siqdan o'tishi mumkin.Malikaga esa albatta u orol malikasi bo'lgandan keyin yil o'n ikki oy darvozalar ochiq.
    Bugun Malikaning tugilgan kuni.Uning oroliga borishim kerak.O'zi kelib yana mashinasida olib ketadi.Men har galdagidek o'zbekcha palov yasayman.
    Albatta yozayotganlarimdan bois Malika tugilgan kuni bilan tabriklash bilan birga,uning millatdoshim sifatida O'zbekistonning buguni va kelajagiga befarqmasligini aytib o'tish.Har gal ko'rishganimizda u albatta O'zbekistondagi ahvol,Vatandoshlar taqdiri hususida kuyunib gapiradi.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz