
Xudoning ismini million takrorlab,
Shaytonga xizmatni to'xtatolmagan.
Bo'yniga mindirib,boshga ko'tarib,
Bir bora uzrini ayta olmagan.
U kim bo'ladi,ayting o'zingiz,
Shayton malayimi yoki musulmon?
Ey,xato so'zlading,deya ko'ringga,
Shod bo'lish o'rniga bo'ladi dushman.
Yana ko'kragiga uradi mushtin:
Men,men,menman deydi yolgiz to'griso'z.
Aqlli,donoman,deydi go'layib,
Hayhot, shu ham o'zbekmikan o'sha qorako'z?
Qaniydi tanimasam bundayinlarni,
Qaniydi bilmasam shundayinlarni.
Xizmati shaytonga malayligini,
Afsus bundaylarning talayligini.
Rizo Obid.