Ko'nglim hijil doim ranjitdim Sizni, Aslida bu holni istamagandim. Yo'limda duch kelgan qancha qizlarni, Siz kabi bu qadar o'ksitmagandim. Bilaman ko'nglingiz shundoq ham yarim, Uni butunlashga yo'q menda imkon. Sizsiz o'tayotir rangsiz kunlarim, Shu bo'lsa kerakda:'' dunyo imtihon''. Bugun tunda edim bedor bilsangiz, Faqat Sizni o'ylab ottirdim tongni. Ranju alamlarni unuting gulim, Avf eting mendayin oshiq bedodni... Bek.
|