Xudoning ismini million takrorlab, Shaytonga xizmatni to'xtatolmagan. Bo'yniga mindirib,boshga ko'tarib, Bir bora uzrini ayta olmagan. U kim bo'ladi,ayting o'zingiz, Shayton malayimi yoki musulmon? Ey,xato so'zlading,deya ko'ringga, Shod bo'lish o'rniga bo'ladi dushman. Yana ko'kragiga uradi mushtin: Men,men,menman deydi yolgiz to'griso'z. Aqlli,donoman,deydi go'layib, Hayhot, shu ham o'zbekmikan o'sha qorako'z? Qaniydi tanimasam bundayinlarni, Qaniydi bilmasam shundayinlarni. Xizmati shaytonga malayligini, Afsus bundaylarning talayligini. Rizo Obid.
|