
Mana yana bir tong otdi.''IBIS'' mehmonxonasi ma'murlari,frantsuzcha lutf bilan nonushtaga taklif etishadi.Ko'pchilik Parijga ilk bor kelganlar ham , filmlar va unda-bunda quloqlariga tushgan ''bonju'',''mersi'',''mis'e'',''madam'' kabi frantsuz so'zlaridan qaerda ekanliklarini anglab olishlari qiyin emas.
Nonushtani o'zbekchasiga yahshilab ''mixlashtirib'' olavering,chunki kechki soat 22 larga qadar davom etadigan sayohat asnosida atrofdagi go'zalliklardan ko'z qiyib, biror nima tamaddi qilishdan vaqtni qizganasiz.Lekin,biz bilan sayohatda bir guruhda bo'lgan afrikalik ona-bola nazarimda ochlik hukm surayotggan eldan kelishgan bo'lishsa kerak, qaerda to'xtab,tarixiy yodgorliklar tomoshasi bilan band bo'lsak, ular tamaddixonaga sho'ngib ketaverishdi.Ha,mayli har kim har-xil tabiatli.Ehtimol ular Parijga frantsuz taomlarini hush ko'rganliklari uchun sayohat
...
Davomini o'qing...