Mana yana bir tong otdi.''IBIS'' mehmonxonasi ma'murlari,frantsuzcha lutf bilan nonushtaga taklif etishadi.Ko'pchilik Parijga ilk bor kelganlar ham , filmlar va unda-bunda quloqlariga tushgan ''bonju'',''mersi'',''mis'e'',''madam'' kabi frantsuz so'zlaridan qaerda ekanliklarini anglab olishlari qiyin emas. Nonushtani o'zbekchasiga yahshilab ''mixlashtirib'' olavering,chunki kechki soat 22 larga qadar davom etadigan sayohat asnosida atrofdagi go'zalliklardan ko'z qiyib, biror nima tamaddi qilishdan vaqtni qizganasiz.Lekin,biz bilan sayohatda bir guruhda bo'lgan afrikalik ona-bola nazarimda ochlik hukm surayotggan eldan kelishgan bo'lishsa kerak, qaerda to'xtab,tarixiy yodgorliklar tomoshasi bilan band bo'lsak, ular tamaddixonaga sho'ngib ketaverishdi.Ha,mayli har kim har-xil tabiatli.Ehtimol ular Parijga frantsuz taomlarini hush ko'rganliklari uchun sayohat bahonasida bir to'yib olishga kelishgandir.Chunki, hatto Eyfel minorasi tepasiga chiqqanda ham - hamma atrofni zavq bilan kuzatib, hayratlanishsa ona-bola beparvogina tanovul bilan ovora bo'lishdi. Turfa olam,turfa odamlar,deb shunga aytishsa kerakda.Ie,boshqa mavzuga o'tib ketay ,debmanku.Xullas nonushta tugab,avtobusga o'tirib,Parij tomoshasiga olga! Parijni teng ikkiga bo'lib oqadigan Sena daryosi o'ng va chap sohillari bo'ylab borar ekansiz asosan tarixiy qurilish majmualari,arxitektura san'ati majmualariga boqib,har birini alohida soatlab tomosha qilib ham to'ymaysiz.Axir zo'r san'at asari oldida yillab maftun-mahliyo bo'linsa ham kam,deb o'ylayman. Yuqorida ham aytganimday ularning har biri haqida yozish uchun ehtimol bir maqola emas,kitob ham kamlik qilsa kerak.Kamina ko'rganlarini qisqa-qisqa bo'lsada sharhlashga harakat qilaman. Sayohatni Parijning eng katta yodgorligi hisoblanadigan Luvrdan boshlaymiz.Luvr qurilishiga Filipp Avgusto tomonidan 1204 yilda asos solinib,1858 yilga kelibgina Napoleon III tomonidan yakunlangan.Shu bois ham uning qurlish usuli turfaligi bilan ajralib turadi...