Xollandga tashrif buyurgan,hozirda Frantsiyada muhojirotda yashayotgan O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati raisi Tolib Yoqubov bilan uchrashgan vatandoshlar,inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlarning muloqoti asosan O'zbekistondagi inson haqlari ahvoli ayanchli ahvoldaligi xususida bo'ldi.Shuningdek,mamlakatdagi diktaturaga qarshi kurashda Evropa Ittifoqi,Halqaro tashkilotlar,jumladan BMT tashkiloti ham etarli e'tibor bermayotgani ta'kidlandi.O'zbekistondagi bugungi ahvoldan yahshi xabardor bo'lmagan EI ma'murlarining ko'pchiligi Karimovning navbatdagi nayranglari-yu aldovlariga mahliyo bo'lib,asosiy masala diktatura rejimining yo'liga gov qo'yish choralarini astoydil izlashga urinmayaptilar. Albatta ko'pchilikni qiziqtirgan savollardan biri bu shu yil oxirida o'tishi taxmin qilinayotgan O'zbekiston Prezidentligiga saylovlar xususida bo'ldi. Mabodo,O'zbekistonda saylovlar bo'ladigan esa kim Prezident bo'lishi mumkin? Savol bir qarashda jo'nday tuyuladi.Chunki,hamma muhlatlari tugab o'tib ketgan Karimovdan keyin albatta kimdir bir boshqa shahs Prezident bo'lishi kerak.Lekin O'zbekistonda saylovlar hech qachon bo'lmagan.Bo'lganlari esa Karimov qanday istagan esa, shunday holda uning foydasiga yakunlangan. Mabodo saylov bo'ladigan esa, O'zbekistondan tashqarida yashayotgan muxolifat vakillarining saylovda ishtiroki etishi gumon.Lekin mamlakat ichkarisidagilardan bir nomzod nomi aytilishi bilan u Karimov tomonidan daf etilishi aniq.Shu bois hatto nomzodi ko'rsatilishi ehtimoli bor kishining nomini atash xatarlidir. Mabodo,faqat mabodo,ehtimol debgina aytish mumkinki , saylov chindan ham demokratik tarzda bo'lib o'tadigan esa,mabodo kimdir Karimovdan boshqa odam mamlakat Prezidentligiga saylanadigan bo'lsa u shahsning peshonasi biroz sho'r bo'ladi.Chunki Karimovning ketishi bilan - mamlakatda bugun mustahkam o'rnashgan,tish-tirnogi bilan qurollangan Karimov mafiyasi osonlikcha jon bermaydi.U kundan o'zi asrasinku,Karimov mafiyasi fuqarolik urushini keltirib chiqarishi ham mumkin.Unda o'zbekistondagilarning bugungi ko'rayotgan kunlari ham holva bo'lib qoladi. Mana bunga oddiy misol:bundan 20-25 yil avval O'zbekiston militsiyasida 35 ming mirshab ishlagan bo'lsa hozir ular soni milliontaga yaqin.Karimov yaqinidagi shu soha bo'yicha mas'ul ishonchli manbaning aytishicha bugun O'zbekistonda 800 ming militsioner ishlaydi.Ularni boqish,kiyintirish uchun qancha mablag ketyapti?Ularning oylik maoshlari O'zbekistondagi eng katta maoshlardan biri.Bu birgina oddiygina misol.Karimov shahsiy xafsizligi uchun qanchadan-qancha halq mulkini o'zlashtirib yotibdi.Bugun milliardlab davlat mulkini o'margan xukumat odami jinoiy javobgarlikka tortilmaydi,tortilgan taqdirda ham shahsan Karimov tomonidan avf etiladi.Bunga istagancha misollar keltirish mumkin.Lekin bir bechora ko'rgan azoblari bu xudoning sinovi,deb qabul qilib, namoz o'qiy boshlasa,uni terrorist darajasida sud qilib,umrbod qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Ushbu maqolada turli mavzular bir-biriga qorishib ketdi.Chunki,bugun O'zbekistonda hal qilinishi shart bo'lgan muammolar shu qadar ko'pki,yuqorida aytganimizday mabodo boshqa bir bo'lishi mumkin bo'lgan Prezident agar mamlakatda demokratik islohotlar yo'lini tanlasa ,Karimov mafiyasi bilan katta jang bo'lishi mumkin.Chunki Karimov oxuridan oziqlanayotgan ulkan korruptsionerlar o'ljasidan yohud emagidan ajrab tomoshabin bo'lib turmaidi. Shunday ekan nima qilish kerak?O'zbekistonda demokratik saylovlar amalga oshirish chora-tadbirini tuzish kerak.Va mamlakatni tanazzuldan olib chiqishning eng maqbul yo'lini topish lozim.Bu kimning qo'lidan keladi?... Tolib Yoqubov Xollandda bo'lar ekan,ko'plab rasmiy doiralar,norasmiy inson haqlari idoralari vakillari bilan uchrashdi...