Hoy oting,nimaydi,so'zimni eshit, Burningni artib ol,mingirlamasdan. Maylimi,men seni ''buzoq'' atasam, Yugurib,etganing somonxonada. Podada sendayin tirraqilardan, Uchtasi bir bo'ldi,bulgandi atrof. Endi damingni ol,yuguraverma, Zotingni atasam ufuraverma. Yo, xafa bo'lmagin qo'ngiz atasam, Chalqancha yotvolib go'ngillayverma. Goxida ogangday go'yo to'ngizday, O'zingcha gudranib to'ngillayverma. Yana xafa bo'lma echki atasam, Duming dikkaytirib alanglamagin. Aytgin sotmaganing qoldimi birov, Yoki bormi yaloq yalanmaganing? Endi qolganini keyin aytaman, Siyratingga qarab chizaveraman. Qancha hayvonsifat qiliqlar qilsang, Shunga qarab tadbirlar tuzaveraman. Rizo Obid.
|