Ba'zi bir o'zini mustaqil jurnalist sanovchi jurnalistlardan mening farq qiladigan jihatim shuki,haqiqatan ham mustaqil qalamkashman,chin ma'nodagi mustaqil qalamkashman. Masalan,ayrim soxta mustaqillardan farqli o'laroq allaqanday bormi-yo'q kimsani xos sahifamga bayroq qilib olmaganman. Ba'zilar Abdurahim Po'latov,Salay Madaminov va hakozo,hakozolarni tanqid qilaverasiz-u Jahongir Muhammadni tanqid qilmaysiz,deyishadi. Mustaqil qalamkashlikning o'ziga tortuvchi mehrigiyosi ham shundaki,agar kimda ozgina kamchilikni ko'rsa darhol uni ilgab,''do'st achitib aytadi'',deganlaridek tikka ko'ziga qarab turib aytish. Bugun mana tanqid qilish navbati Jahongir Muhammadga etgan ekan,uni ham tanqid qilaman. Jahongir Muhammadning kamchiliklarini bir boshdan aytaveraman,siz aziz o'quvchi eshitaverasiz. Avvalo shuni aytish kerak
... Davomini o'qing...
Ayrim qalamkshlarning chizgilarini o'qirkanman,juda buyuk yozguchilar bo'lmasada ozgina iqtidorlari borligini his qilaman.Albatta to'rt qator jumlani birlashtirib, bir gap aytish ham ba'zilar o'ylaganchalik jo'n ish emas. Shu to'rt qator jumla tuzganning mehnatini qadrlagan holda,deymizmi,yozganlariga birrov ko'z yugurtiraman.Chunki kichkina iqtidor bergan iloh ozgina aql ham berib qolgandir,deb umid qilasan kishi. Ammo afsuski iqtidor bу'lgan bilan aql bitmagan esa ham qiyin ekan. Millatimizda bir hikmatnamo naql bor:''bo'ladigan bola o'n yoshida bosh bo'ladi,bo'lmaydigani yuz yilda ham yosh bo'ladi''.Albatta hamma bolalar o'n yoshida bosh bo'lavermaydi.Agar shunday bo'lganda hamma bosh bo'lib,unga xizmat qiladigan oyoq-qo'l qolmasdi. Gapni ancha uzoqdan boshlab yubordim chamasi.Ayrim iqtidorli-yu,lekin aqli noqislar tushunmasligi mumk
... Davomini o'qing...