Ризобек Воскресенье, 2025-06-22, 07.27.52
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Апрель » 15 » Iqtidor bo'lsa-yu,aql bo'lmasa ham qiyin ekan-da...
    15.57.12
    Iqtidor bo'lsa-yu,aql bo'lmasa ham qiyin ekan-da...
    Ayrim qalamkshlarning chizgilarini o'qirkanman,juda buyuk yozguchilar bo'lmasada ozgina iqtidorlari borligini his qilaman.Albatta to'rt qator jumlani birlashtirib, bir gap aytish ham ba'zilar o'ylaganchalik jo'n ish emas.
    Shu to'rt qator jumla tuzganning mehnatini qadrlagan holda,deymizmi,yozganlariga birrov ko'z yugurtiraman.Chunki kichkina iqtidor bergan iloh ozgina aql ham berib qolgandir,deb umid qilasan kishi.
    Ammo afsuski iqtidor bу'lgan bilan aql bitmagan esa ham qiyin ekan.
    Millatimizda bir hikmatnamo naql bor:''bo'ladigan bola o'n yoshida bosh bo'ladi,bo'lmaydigani yuz yilda ham yosh bo'ladi''.Albatta hamma bolalar o'n yoshida bosh bo'lavermaydi.Agar shunday bo'lganda hamma bosh bo'lib,unga xizmat qiladigan oyoq-qo'l qolmasdi.
    Gapni ancha uzoqdan boshlab yubordim chamasi.Ayrim iqtidorli-yu,lekin aqli noqislar tushunmasligi mumkin,nima demoqchiligimni.Undaylarningg bu gaplarni tushunishi aslida shart emas.Chunki chizayotganlarim faqatgina jinday iqtidori borlar uchun emas,balki barcha aqli-hushi joyida insonlar uchun.
    Bugun ahmoqlar to'grisida ham yozmoqchimasman.Chunki undaylar to'grisida so'zlarni ko'p aytdim.Ahmoqni-ahmoq ,desang pichoq dami ko'tarilibdi,deb ahmoqligini ko'k qadar hayhaylatib yuborar ekan bundaylar.
    Faqat aytmoqchi bo'lganim bugun ''Internet'',deb atalayotgan to'rga ilashgan ayrim chalasavodli,ammo jinday iqtidorli,quloch-quloch bir nimalar yozib,o'zi tushunmagan nimanidir boshqalarga tushuntirishga harakat qilayotganlar to'grisida.Ular bir masxaraboz yohud ruhiy bemorlar shifohanasidan qochgan kishilarday taassurot uygotadi.Shu holi bilan o'zining ham,o'quvchining ham qimmatli vaqtini olyapti.Aniqrogi behuda chalgityapti.
    Shu bois gapni kalta qilib,aytmoqchimanki,ayrim arboblik,donolik da'vo qilayotganlar,ayrim Siz aziz o'quvchiga nurli kelajak va'da qilayotgan firibgarlarga ishonmang.Chunki ular mana salkam 20 yil bo'libdiki, balandparvoz gaplar gapirishdan boshqa hech bir narsani uddalay olmadi.Demak,ular ''bo'ladigan bola o'n yoshida bosh bo'ladi...'',degan muddatdan o'tib ketishgan.Ammo,topqirligingizga tasanno,baribir nomlarini aytmasam ham,kimlar haqida so'z ketganini bilib qoldingiz-a.Qoyil!
    Yo,mayli ,haliku 20 yil ekan,70 yil ham aldanib yuraveraman,desangiz yana o'zingiz bilasiz.Hammaning boshi o'zining elkasida.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz