
Ne deb yupatishni bilmay qolaman,
Yuraklar qalqisa,jigarxun bo'lsa.
Aldoqchi dunyoda yaxshilar qolib,
Hamisha olchoqlar ishi o'ng kelsa.
Ne deb yupatishni bilmay qolaman,
Haqiqat ingrasa ko'ksin gijimlab.
Nomardlar muzaffar bayroq ko'tarib,
Mardlar yov o'qidan qolsa er tishlab.
Bulbulga arzim bor eshitarmikan,
Chamanni tark etib qaylarda qoldi?
Ne deb yupatishni bilmay qolaman,
Nahot vafo ahli quzgunga boqdi?
Chaqaloq so'zimga ma'yus boqaman,
Lablari tamshanib qo'yar dambadam.
Tashnalik kuydirar balki yuragin,
Ne deb yupatishni bilmay qolaman.
Bek.