Hozirgina olingan xabarlarga ko'ra Jizzax viloyati Zomin tumanida sel toshqini bo'lib, goyat katta hajmda talafot etgani xususida aytishmoqda. Mahalliy huquq himoyachialri: nafaqat turar-joy binolari,qishloq xo'jaligi maydonlari balki ko'plab odamlarni sel o'z domiga tortib, qurbon bo'lganini ta'kidlashmoqda. Tabiiy ofatni oldini olishga esa hukumat vakillari umuman e'tibor berish tugul,halok bo'lgan odamlar jasadini yigishtirib olishni ham o'zlariga ep ko'rishmayapti. Halqparvar,insonparvar mamlakatlarda bunday ofatlar chogi odamlarga yordamning hamma turi,gamho'rlikning hamma ko'rinishlari namoyon etiladi. Ammo,Jizzaxning Rabot qishlogida ro'y bergan ofatni ko'ra bila turib,talofat ko'rayotganlarga hamdardlik bildirish o'rniga o'zbek boshiga balo bo'lgan Karimov, ''dunyoni suv bossa o'rdakka ne gam'',deganlaridek Misr Arab Respublikasiga xotirjam jo'nab ketgan.