Ризобек Четверг, 2025-06-19, 20.52.45
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Апрель » 18
    Ba'zilar atashar nomim devona,
    Yana ba'zi birov majnun ataydi.
    Mashrab nari tursin,boshqasini qo'y,
    O'zim yuragimdan hech kim bo'lgim yo'q.

    Qaniydi dunyoga kelmagan bo'lsam,
    Qaniydi xiyonatlar ko'rmagan bo'lsam,
    Qaniydi hech kim bo'lmay faqat o'tinchim,
    Sening quchogingga bosh qo'yib o'lsam.

    Bek.

    Просмотров: 757 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-04-18 | Комментарии (0)

    Dardlaring ko'p ekan,kel dardlashamiz,
    Faqat sir tutmagin ko'nglingda borin.
    Agar vafosizlik istasang aytgin,
    Unda kelmasang ham o'z ixtiyoring.

    So'ching qirovlarin ko'rib turibman,
    Ko'zingdagi nurning ham ziyosi so'nik.
    Agar dardlashmoqni istasang ko'ngil,
    Yuragim ostidagi doglarga ko'nik.

    Bu doglar barisi xiyonatlardan,
    Yo'ldosh bo'lolmagan do'stu yorlardan.
    Har biri asragay xavfu xatardan,
    Bir kun bo'layajak qiyomatlardan.

    Dardlaring ko'p ekan,kel dardlashamiz,
    Faqat tunlari kel malomatlarsiz.
    Lekin yodingda tut, o'tkinchi dunyo,
    Bizlar shu dunyoga omonatlarmiz.

    Bek.

    Просмотров: 781 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-04-18 | Комментарии (0)

    O'zimga yoqmaydi aytmoqchi so'zim,
    Menga yoqqanlari tutqich bermaydi.
    Qaboqdan to'kilgan yagona kiprik,
    Soyabon bo'lsaydi,deganday ko'zim.

    O'sha kiprigimga nima kam edi,
    Chirmashib turuvdiku nargisi bilan.
    Bir zumga qo'nishni istadi yuzga,
    Sirlashmoq bo'ldimi dona hol bilan?

    Oh,so'zim,oq so'zim,oppoq so'zginam,
    Qaysi xilvatlardan topgansan panoh.
    Juda yaqinimga kelolmasang ham,
    Olisdan ko'nglimchun bir bor kulib boq.

    O'zimga yoqmaydi aytmoqchi so'zim...

    Bek.

    Просмотров: 741 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-04-18 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz