O'zimga yoqmaydi aytmoqchi so'zim, Menga yoqqanlari tutqich bermaydi. Qaboqdan to'kilgan yagona kiprik, Soyabon bo'lsaydi,deganday ko'zim. O'sha kiprigimga nima kam edi, Chirmashib turuvdiku nargisi bilan. Bir zumga qo'nishni istadi yuzga, Sirlashmoq bo'ldimi dona hol bilan? Oh,so'zim,oq so'zim,oppoq so'zginam, Qaysi xilvatlardan topgansan panoh. Juda yaqinimga kelolmasang ham, Olisdan ko'nglimchun bir bor kulib boq. O'zimga yoqmaydi aytmoqchi so'zim... Bek.
|