O'tinchim bor, iltimos, men tomonga qaramang, Qarasangiz mayliga, tishingizni qayramang. Sizga mayli bahoni, so'rang a'lo beraman, O'limimni so'rang siz,men sizga jon beraman.
Ammo biling u dunyo: siz-u bizning uyimiz, Shundan bilib so'ylaylik, bu dunyoda so'zimiz. Ko'zguga qarab birdam,demang o'zni bekam-ko'st, Sizu-bizga bo'lguchi yaratgan egamdir do'st.
Shayton tushsa o'rtaga, ishonib muqom qilmang, Kul bosib yuragingiz,o'rtanib figon etmang. O'tinchim bor,iltimos,odam,odam,odam bo'laylik, Odam bo'lolmasak gar,oddiy odam bo'laylik...
Bu savolga Evropa Ittifoqi vazirlari:''ha,bugun Turkman Prezidenti hamma jabhalarda islohotlar o'tkazishga kirishgani yaqqol ko'rinyapti.Uni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyormiz'',deyishyapti. Bugun biz suhbatlashgan EIning Markaziy Osiyo bo'yicha vakillaridan biri,hali ommaga e'lon qilinmagan qarorlar qabul qilinmasdan turib ism-sharifini aytmaslikni so'ragan mulozimining aytishicha, O'zbekiston bo'ylab Andijon voqealariga daxldor 2-3 apreldagi tashrif ham avvalgisi kabi sayohatdan boshqa natija bermaganini sha'ma qildi. Avvalroq maqolalarimdan birida ham aytganimdek,EI kulib-kulib Karimovni eshitgan-u,lekin uning nayrang ishlatayotganini payqab qolishgan. Odamlar,Karimov gapirganda kulib eshitishsa, ''demak mening to'griso'zligimga ishonishyapti'',deya hisoblab o'rganib qolgan.EI mulozimlari tabassumiga ham ''men ularni o'z yolgonimga is
... Davomini o'qing...
Rusiyaning birinchi Prezidenti Boris Eltsin bugun Moskovda vafot etdi. 1931 yil 1 fevralda Sverdlovsk viloyati Talitsk tuman Butka qishlogida tugilgan Boris Eltsin 1991 va 1996 yillarda ikki marotaba Rusiya Prezidentligiga saylangan edi.Sovet Ittifoqini tarqatib yuborilishining ilk tashabbuskorlaridan bo'lgan Boris Eltsin,1999 yilda o'z ixtiyori bilan Prezidentlikni Putinga to'gridan-to'gri meros qoldirgan edi. Tibbiyot masalalari bo'yicha Prezident huzurida ish yurituvchi Sergey Mironovning ma'lumot berishicha Eltsin yurak hastaligi xurujidan vafot etgan. Boris Eltsin qaerga dafn etilishi uning qarindosh-uruglari taklifidan so'ng aniq bo'ladi,deyiladi xabarlarda.