Bu savolga Evropa Ittifoqi vazirlari:''ha,bugun Turkman Prezidenti hamma jabhalarda islohotlar o'tkazishga kirishgani yaqqol ko'rinyapti.Uni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyormiz'',deyishyapti. Bugun biz suhbatlashgan EIning Markaziy Osiyo bo'yicha vakillaridan biri,hali ommaga e'lon qilinmagan qarorlar qabul qilinmasdan turib ism-sharifini aytmaslikni so'ragan mulozimining aytishicha, O'zbekiston bo'ylab Andijon voqealariga daxldor 2-3 apreldagi tashrif ham avvalgisi kabi sayohatdan boshqa natija bermaganini sha'ma qildi. Avvalroq maqolalarimdan birida ham aytganimdek,EI kulib-kulib Karimovni eshitgan-u,lekin uning nayrang ishlatayotganini payqab qolishgan. Odamlar,Karimov gapirganda kulib eshitishsa, ''demak mening to'griso'zligimga ishonishyapti'',deya hisoblab o'rganib qolgan.EI mulozimlari tabassumiga ham ''men ularni o'z yolgonimga ishontirdim'',deb o'ylab ''chuv'' tushdi. Chunki chindan ham O'zbekiston bilan muloqotlar tarafdori bo'lgan Evropa Ittifoqi samimiyatdan yiroq bo'lgan O'zbekistonning bugungi niyatini payqab qoldi.Shu bois ham bugun Lyuksemburgda bo'lib o'tgan EI vazirlari yiginida, O'zbekistondan kutilayotgan demokratiya,inson haqlari himoyasi,ayniqsa Andijon fojealari bo'yicha xolis halqaro surishtiruvlar o'tkazish bo'yicha hech bir haqqoniy,ishonchli, amaliy ish qilinmagani,ko'ppartiyaviylik xususidagi Farmonu-qarorlar ham ko'zbo'yamachilik ekani yuzasidan EIga bayonot tayyorlashlariga sabab bo'ldi. Karimov issiqqina EI qo'yniga qayta kirmoqchi edi,lekin toshagi ho'l, holligicha qoladi chamasi. Chunki Karimovdan ko'ra yangi Turkmanboshini hush ko'rishyapti.