Главная » 2007»Апрель»28 » Karimov 40,Qurbonguli 200 dollar beradi...cho'ntagidan emas
12.32.46
Karimov 40,Qurbonguli 200 dollar beradi...cho'ntagidan emas
Har yili qalban so'roligicha qolgan mamlakatlar poshsholari,jumladan O'zbekiston poshshosi farmoni bilan ham 1941-45 yillari ll jahon urushida ishtirok etgan faxriylarga ozgina-ozginadan pul berish an'anaga aylangan. Har yili 9 mayda nishonlanadigan ''Galaba'' bayrami arafasida O'zbekiston Prezidenti ,deya o'zini-o'zi atovchi Karimov tantanali yigilish o'tkazib,unda: ''mana bizar ota-bobolarimiz qon kechib,ko'rsatgan qahramonliklarini unutmay faloncha pul beramiz...''deya to narigi bayram kelguncha ogiz ko'pirtiradi. O'sha urushdan qolgan tiriklarining eng yoshi hozir salkam 80 yoshda.Bu,degani urushda ishtirok etganlardan sanoqli odam qolgan. Bu yil ham Karimov ''katta Farmon'' e'lon qilib,unga ko'ra 40 AQSH dollari pul tarqatilishi va bu pulning to'gri taqsimlanishini nazorat qilishni Mudofaa vazirligi,Fahriylar kengashi,Xotin-qizlar kengashi,Markaziy Bank,Ichki ishlar vazirligi,Moliya vazirligi yana shunga o'xshahs bir necha kazo-kazo tashkilotlar zimmasiga vazifa,topshiriq qilib yukladi.Demak,go'yo urushda qatnashgan,deya shuncha tashkilot kazo-kazolari soxta ro'yxatlar tuzib,soxta nomlar ostida talaygina pulni davlat gaznasidan o'marishga imkon yaralgani.Davlat gaznasi esa albatta osmondan tushgan emas,gaznadagi jamgarma bu halq mulki.Demak Karimovning och mo'r-malah kalamushlari yana bir bor halq mulkini o'maradilar. O'zbekiston OAVga esa bu ''gamho'rlik'' to'grisida tinmay maddohlik qilib turish albatta bosh vazifa etib yuklangan. 80 yoshli faxriy endi Karimov sadaqasidan ko'zi miltillab, to kelasi 9 maygacha tirik tursa ,tinmay ''Prezidentimizga rahmat'',deb hamdu-sano aytib turish kerak.Bo'lmasa chol bechoraning holiga voy.U ham ''halq dushmani''ga aylantirilishi mumkin. Ha,aytganday xuddi shu kabi Farmonga Turkmaniston Prezidenti Qurbonguli Berdimuhamedov ham imzo chekkan.Lekin Turkmaniston urush faxriylariga 200 AQSH dollari miqdorida pul beradi.Ya'ni O'zbekistondagidan 5 baravar ko'p.Bu qiyosdan ham Karimovning qanchalik hotamtoyligini anglab olish qiyin emas.