
Muhabbatga so'z aytgan edim,
Ma'yuslanib labin qimtidi.
Bunda ne sir anglayolmayin,
Unutdingmi vafoni dedim?
* * *
Dedi begim,nahot bilmaysiz,
Ma'yusligim nedanligini.
O'zbeklarda ishq gunchalari,
Ochilmasdan so'lganligini.
* * *
Muhabbatning yuraklarida,
Shabnamdayin qotdi tomchi qon.
Titrar hatto yoniq hislar ham,
Titraganday ona Turkiston!
* * *
Quchogimdan sirgalib asta,
Chiqdi ketdi go'yoki jonim.
Dardingga ne bo'lgusi davo,
Bilolmayman O'zbekistonim!
* * *
Yana so'zlar sachrar uchqunday,
Ozodlikda go'yo tutqunday.
To'lib ketdi yuragimga qon,
Ololmasdan darding Turkiston!
Rizo OBID.