Qozogistonda yashovchi tanishlarimga telefon qilib, Nazarboevning Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish to'grisidagi taklifi haqida fikrlarini so'radim.Qozogistonliklardan biri shunday dedi: To'gri,agar chindan ham shunday ittifoqlikka erishilsa yahsi bo'lar edi,lekin bu mintaqadagi hamma diktatorlar o'zicha lider,agar eslasangiz 1995 yillarda Karimov shunga o'hshash taklif aytgan edi,ammo natija bo'lmadi.Chunki bu diktatorlar taklifi samimiyatdan yiroqligi uchun ham amalga oshmaydi.Ularning har-biri o'zicha xon ko'lankasi maydon.10 yil avval O'zbekistonda go'yo hozir Qozogistondagi kabi iqtisodiyot birmuncha o'sayotganday taassurot qoldiraradi.Aslida esa ahvol ichkaridan qaraganda xarob edi.Qozogistonda ham ahvol juda maqtanarli emas.O'rtacha maosh 300 AQSH dollari bo'lgan holda Olma Ota shahridagi 1 xonali uy 100 ming AQSH dollari turadi.Bu oddiy misol,bunga o'xshagan misollarni talay keltirish mumkin. Qirgiz poshshosi Qurmanbek Baqiev darrov Qozoq poshshoni oga etib saylaganiga nima,deysiz? Ha,to'gri,bugun Baqievning taxtda qolishi uchun najotning eng yaqin yo'li bu qo'shnisi tajribali diktator Nazarboev etagidan tutishdir.Ey,xullas poshsho amakilar bekor turgandan ko'ra poshso-vazir o'yinini o'ynashayapti-da,deydi suhbat so'ngida qozoq tanish.