Шамшир каби багримни шарт-шарт кесар сузинг ёр, Мен тогларни тарк этсам ким ой дегай юзинг ёр, Зорларимга зор булиб, зор какшарми кузинг ёр, Зор газаллар чизгайми, чарос кузинг зиёси.
Osmondagi oybaldoq, Bir dam erga tushaqol. Oy emas oybaldoqsan, Qulogingni tutaqol. Yana ko'kni ko'zlama, Oyning so'zin so'zlama. O'zingni oyday bilib, Tun haqida bo'zlama. Aytganingdan sezaman, Alaming bor kimlarda. Seni oy sanamagan, Mendayin yigitlarda. Oybaldoqjon,oybaldoq, Dunyo o'zi shunaqa, Sen suykalib o'tasan, Qismating shu shunaqa. Osmondagi oybaldoq, So'zlarimdan ranjima. Seni oy atamasam, O'kinib hech gangima. Oybaldoqjon qarasam, Yana ko'kka boqibsan. Boyo'gliday anovi, Oysen der,ichar qasam. Oybaldoqjon osmondan, Biroz erga tushib ol. Biror-bir so'z aytishda, Es-hushingni yigib ol!
O'zbekiston bugun haqiqiy jannatmakonga aylangan.Bugun buni isbotlashga asos qidirishning keragi yo'q.He,yo'ge,deya e'tiroz bildiruvchilarga buni isbotlab qo'yishim mumkin. Mana,eshiting. O'zbekistonda hamma narsa etarli.Oltin,kumush,qahrabo va hakozo.Lekin O'zbekistonda xuddi o'sha jannatdagiday ko'rmoq bor emoq yo'q. Boylikmi?Eh,he boylik oshib-toshib yotibdi.Lekin u boyliklarga bugun o'zini xudo deb bilayotgan Karimovdan boshqa hech kim egalik qilish tugul,qarashi mumkin emas.Qaragan odam Karimov rejimining qahriga uchraydi. Kunda bo'lmasa ham kunora O'zbekistondagi tanishlarim bilan telefon orqali gaplashib turaman.Yaqinda Norvegiyadan Qirgizistonga Halqaro Unson Huquqlari Xelsinki Federatsiyasi vakillari tashrif buyurishibdi.Ular O'zbekistondan bir necha kishini imkoni bo'lsa O'shga kelishlarini so'rabdi.Nega,ular O'zbekistonliklarni O
... Davomini o'qing...
Bugun OAV orqali e'lon qilinayotgan xabarlar bilan tanisha turib,bir-birini takrorlovchi iddaolarga duch kelmoqdaman.Ya'niki,Karimov bugun ayollarga nisbatan qatagonlarni kuchaytirmoqda,deganday. Aslida Karimov xotin-qizlarga qarshi qatagon boshlaganiga ancha bo'ldi.Bizlar shunday bo'lib qolganmizki,qachon o'z boshimizga musibat tushmaguncha yoki o'zimiz tanigan,bilgan odamlar nohaqlikka uchrashgachgina ayuhannos solamiz.Dod-voy qilamiz. Umida Niyozova nohaq qamaldi.Mo'tabar Tojiboeva nohaq qamaldi,Gulbahor To'raeva nohaq qamaldi.Bunga shak-shubha yo'qki ,Karimov rejimi istagi shu bo'ldi. Lekin,ulargacha ham yuzlab onalar qamalgan edi.Nega jim turdik?Nega ularning har birini ozod qilish uchun bugungiday hayqirmadik,jar solmadik?Yohud nohaq qamalgan yo otilgan,o'ldirilgan millatdoshlar,vatandoshlar,yosh yigitlar ham Karimovning ayollarga qarshi uru
... Davomini o'qing...