Главная » 2007»Май»4 » Karimov allaqachon edi ayollarga urush e'lon qilgani...
01.24.07
Karimov allaqachon edi ayollarga urush e'lon qilgani...
Bugun OAV orqali e'lon qilinayotgan xabarlar bilan tanisha turib,bir-birini takrorlovchi iddaolarga duch kelmoqdaman.Ya'niki,Karimov bugun ayollarga nisbatan qatagonlarni kuchaytirmoqda,deganday. Aslida Karimov xotin-qizlarga qarshi qatagon boshlaganiga ancha bo'ldi.Bizlar shunday bo'lib qolganmizki,qachon o'z boshimizga musibat tushmaguncha yoki o'zimiz tanigan,bilgan odamlar nohaqlikka uchrashgachgina ayuhannos solamiz.Dod-voy qilamiz. Umida Niyozova nohaq qamaldi.Mo'tabar Tojiboeva nohaq qamaldi,Gulbahor To'raeva nohaq qamaldi.Bunga shak-shubha yo'qki ,Karimov rejimi istagi shu bo'ldi. Lekin,ulargacha ham yuzlab onalar qamalgan edi.Nega jim turdik?Nega ularning har birini ozod qilish uchun bugungiday hayqirmadik,jar solmadik?Yohud nohaq qamalgan yo otilgan,o'ldirilgan millatdoshlar,vatandoshlar,yosh yigitlar ham Karimovning ayollarga qarshi urushi emasmi?Axir ular ham qaysi bir onaning jigarbandi emasmi? Biz ham xuddi Karimov siyosatidagi kabi kompaniyachilarga o'xhsaymiz.Chunki , o'zimiz bilgan,yaqin bo'lgan insonlar nohaqlikka uchragachgina ayuhannos sola boshlaymiz. Ungacha: ''men tinchmanku,anavinga nima bo'lsa bo'laversin'' qabilida yuramiz.Oz fursat o'tib esa bugun jabrlangannni unutib yangi jabrdiyda ''qahramon''ni yaratib olib,uni uloq qilib olib qochishni boshlaymiz.Ahvol esa avvalgiday,o'zgarmay qolaveradi. Bugun Umida Niyozova jabrlanganlar ''qahramoni'',bugun Gulbahor To'raeva jabrlanganlar ''qahramoni',bugun Mo'tabar Tojiboeva jabrlanganlar ichida ''qahramon''.Bu haqda bong urmoqdamiz.Bu yahshi.Ularni albatta Karimov changalidan qutqarish kerak.Lekin Evropa Ittifoqi yohud halqaro tashkilotlarga murojaat qilayotganda nega faqat ular nomini aytamiz xolos.Ular aytmaydimi,''ha,demak,O'zbekistonda yakkam-dukkam nohaqlik bo'lyapti ekan,bunaqasi hamma mamlakatda bo'lishi mumkin'',deb. Mening taklifim ,keling bugun nafaqat Umida, yo Gulbahor,yo Mo'tabar balki butun o'zbek halqining ozodligini so'raylik.