Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 06.34.26
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2008 » Май » 12 » Бизнинг почтадан
    10.41.40
    Бизнинг почтадан
    Мухлислардан мактублар

    Ассалом алайкум Ризобек ака,яхшимисиз!

    Ризо ака,мен классик қўшиқларни яхши кўриб эшитишим боис доимо бирон
    бир иш қилиб юрганимда хиргойи қилиб юраман,шу сабаб интернетдан ўша
    қўшиқларни матнини топиш учун кўпинча гооглега кириб тураман.Мана
    ҳозир ҳам гооглега кириб "Qo'qon ushshog'i" деб ёзган эдим иккита тема
    чиқарди.Биринчисини бир кўздан кечириб иккинчисига кирсам бир Белги
    тахаллуси билан ёзилган шеърлар тўплами экан.Бир икки шеърини ўқиб
    кўрсам қандайдир қизиқ туюлди,кейин ҳаммасини ўқиб чиқдим.Унинг
    шеърлари қандайдир бир бошқача жанрда ёзилган,на шеър на проза.Белги
    дегани Бишкекда туғилган,Тошкентда яшаган ва ҳозир Москвадами
    Париждами ишқилиб чет элда экан.Қуйидаги адресда жойлашган,бир кириб
    кўринг-а!
    http://library.ferghana.ru/uz/belgi3.htm

    Ҳайдар Али, Жанубий Қурия.


    Tun oqshom keldi kulbam sori...
    Navoiy


    u uydan bu uyga ko'chgan kun edi

    sim qoqib "sen biroz ko'maklash" dedi
    avtobusma-avtobus shoshib-entikib
    pala-partish orzu-
    larga ko'z tikib
    o'zimdan ham avval shirin ilinjim
    ola-gaston uyga kirib bordi. Jim-
    jitlikda qo'pol nafasni yuta
    olmayin, yordamga kirishdim, ita-
    rdim zildek xontaxta, muzlatg'ich, pia-
    ninoni, gilamni avvalga qiya,
    so'ng esa to'g'irlab devorga osdim.
    Xullasi,

    ish ila ko'nglimni bosdim...
    Biror uch soatdan so'ng Uning o'zi
    "nafasni rostlab ol" dediyu, ko'zi
    ola-gaston uyda biroz botartib
    supachaga tushdi, burnimni tortib
    o'tirdim. U asta birozgina may
    olib kelib berdi. Men Usiz ichmay,
    kutib turdim. U ham kuldiyu, sharob
    to'la piyolani oldi. O'sha top
    ko'zim uning labi, uning siynasi,
    uning oyoqlari, bo'shang tugmasi,
    uning lip-lip etgan qorniga tushdi.
    May yutdim, may tomgan kir shimim shishdi.
    Piyolani qo'ydim, U olmoqchiday
    yaqinlashdi. Olloh, men qanday chiday?!
    Jo'rttaga engashdi, ochiq tizzasi
    kir shimimga tegdi, ko'zda izzasi –
    U menga boqardi. Yuzim oqardi...
    Labidan bir tomchi sharob oqardi...
    U yerga tushmadi, labimda qoldi,
    ola-gaston bu uy tindi, yo'qoldi.
    Supada ikkimiz – qip-yalang'och tan
    uydan uyga ko'char edik boshqatdan...

    ***




    ikkimiz uchrashsak ishrat bog'inda...
    Navoiy


    savat to'la uzum uzum ko'tarib
    U kirardi tushimga. Men esa, g'arib,
    nochor, zaif, dardmand, oshiq, devona, –
    firoqida kuyib, ming yillar yona...
    nihoyat bu kunga yetdim. Birinchi
    may kuni may nasib etib, qarang-chi,
    yigirma ikki yosh bu puchuq kizni
    kimgadir sim qoqib, unutgach bizni,
    qo'lidan ohista tutdim. U go'yo
    suhbat bilan banddek, ayladi riyo,
    qo'li esa, kafti esa, panjasi
    tizzamda goh behol, goh esa jasur,
    g'aybona suhbatni anglatar edi.
    Ikki suhbat aro parishon didi
    qo'rqinchini yenggach, meni tanladi.
    Telefonni qo'ydi, qayta tengladi,
    alaxsigan kabi buldiyu, qo'li
    lo'li kabi uni sotardi. Lo'li
    qo'liga engashdim. Jodugar labi
    sochimga tegdiyu, yigitlik zebi
    nafasimni, qonimni o'ziga tortdi...

    Oramizda bo'lgandan bitta she'r ortdi.

    U avval yig'ladi, men esa uni
    yupatdim. Men quchgan yalang'och tani
    qaytadan uyg'ondi, so'ngi xo'rsinish
    yangi larzalarga qorishdi, tanish
    va notanish tani chavandoz kabi
    tizzamni egarlab, ko'pikkan labi
    uzum uzum uzum g'ujanak uzum
    sari intilardi, yo menmi o'zim
    savat to'la uzumni tergan qo'l misol
    chaqqon edim.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz