Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 10.33.19
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2009 » Апрель » 18 » Yoshlar ijodidan
    01.00.33
    Yoshlar ijodidan

    Daftarim chetida...


    Daftarim chetida g'alat hoshiya;
    Eslay ololmayman nega qu'yganim.
    Bir quvnoq kunimdan balki hotira?
    Balki belgisidir ilk bor sevganim?

    Balki du'stlarimning achchiq hazilin,
    Hazm qila olmay qu'yganman uni?
    Balki hayotimning silsilasini,
    U'zgartirmoq bulgan maqsadim kuni?

    Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib,
    Hayotdan tu'yganim nishonidir u?
    Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib,
    Ifodalab qu'ygan bir ajib tuyg'u?

    Daftarim chetida bu g'alat chiziq.
    Ne bo'lsa ham uni eslab yuraman.
    Shirin orzularim ru'yosin tuzib,
    Faqat bahtdan deya umid qilaman

    Ma'sud Maqsudov.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz