Ризобек Понедельник, 2024-05-13, 07.00.56
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » Yangiliklar arxivi
    « 1 2 ... 133 134 135 136 »
    Ba'zilar bor yo'l-yo'lakay do'st yangilaydi,
    Eski qadrdonin tepib o'tadi.
    Sip-silliq so'zlarga uchib hushomad uchun,
    Nimdosh do'sti tomon toshlar otadi.

    Vo darig dunyoning bevafoligi,
    Gunohlar qilaman yuragim qiynab.
    Kechagi do'st degan bugun yuzimdan,
    Tap-tayyor o'ymoqqa ko'zimni o'ynab.

    Menga qadrliroq nimdosh do'stlarim,
    Yangisin bilmayman vafosi bormi?
    Unga ne kerakdir mendan bilmadim,
    Yo o'yi to'rida jafosi bormi?
    Rizo OBID

    Просмотров: 809 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-26 | Комментарии (0)

    ''ERK'',degan partiyaning lideriman deyayotgan Salay Madaminov O'zbekiston Prezidenti bo'laman,deya kechayu kunduz tahtga ko'z tikib o'tiribdi.Lekin u moshpoyaga qoravul ham bo'la olmaydi.Chunki u Karimovdan o'tib tushgan diktatorligini siyosatdan yiroq bo'lgan oddiy ketmonchi ham sezib,ko'nglidan o'tkazib turibdi.
    U poshsho bo'lmaydi.Mabodo falakning gardishi teskari aylanib u yurt tepasiga kelib qolsa o'zbeklarning bugungi ko'rgan kuni holva bo'lib qoladi.
    Nega,deysizmi?Mana eshiting.
    Horazmlik, televidenieda ishlaydigan bir hushruy juvon tanishim bor edi(uning ismini havfsizlik nuqtai nazaridan aytmayman).U menga Salay Madaminovning o'ta pastkash,o'z manfaati yo'lida hech narsadan tap tortmasligi,hotinbozligi,maishatparastligi,ko'knoriho'rligi hususida ko'p hikoyalar aytib bergan edi.
    Uning hikoyalariga men o'sha paytlarda ishonmaganman.Lekin hozirga kelib bunga ishonganday bo'lyapman.Chunki bir firqa boshida- tuzilgandan buyon boshliqlikni bo'shatmay kel ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1325 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-25 | Комментарии (0)

    Birlashtirmoq bo'lib muholifatni,
    Maydonga chiqdingiz ''ha,barakalla''.
    Ammo ular tashir boshga kulfatni,
    Ularga ham balli va barakalla.

    Birlashmoq istasa ular allohol,
    O'mlashgan bo'lardi O'zbekistonda.
    Birisi boshqasiga tosh otib tez-tez,
    Yurmas edi hechda chet panogohda.

    Nomardlik qonida bor odamlardan,
    Mardlikni kutdingiz o'zga o'hshatib.
    Ular bugun qarang ko'rsatishmoqda,
    Ichidan magzava igvo boshatib.

    Esiz ketgan vaqtu,ganimat damlar,
    Ikki gumroh qo'lini ushlatmoq uchun.
    Albatta ezgulik edi o'yingiz,
    Ammo birlasholmas nomardlar bugun.

    Erta ham o'tadi,o'tar indin ham,
    Ular dushmanlikning borar yo'lidan.
    Lekin Sizga rahmat sayingiz uchun,
    Yarashtirmoq bo'ldingiz ushlab qo'lidan.
    Rizo OBID.

    Просмотров: 823 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-25 | Комментарии (0)

    Ikki juma bir kelgan kuni,
    ise kerim tahtdan tushadi.
    Kutavering janobi o'zbek,
    Ise yangi reja tuzadi.
    Biz laqmamiz va ishonuvchan,
    Kim aldasa uchaveramiz.
    Keyin attang qilib va yana,
    Alam-zahmat quchaveramiz.
    Odam zoti galati ekan,
    Ko'nikarkan hamma ho'rlikka,
    Yo'yib qo'yar oson odamzot,
    Peshonasin goyat sho'rlikka.
    Dasturhonda yo'q qattiq noni,
    Chirqiraydi och bolajoni.
    Shukur etar bechora hamon,
    Chiqayotgan onda ham joni.
    Jannatlardan so'raydi makon,
    Jabrlasa qonho'r Ise hon.
    Yana o'sha kuting mayliga,
    Ise ketar juft juma kelsa.
    Lekin ayting u qachon kelgan,
    Va kelmasku shudir alqissa.
    Rizo OBID
    Просмотров: 809 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-24 | Комментарии (0)

    Inson haqlari yo'lida tinib-tinchimaydigan bu ayolni yuksak hurmatlar bilan yarim asrlik mo''tabar yoshi bilan qutlayman.Va qani edi hamma Onalar ham Elenaday haq yo'lida timsol bo'la olsa ,deb orzu qilaman.
    Elenaday mehribon-munis ayollarga ta'zim etaman,
    Uzoq Holland yurtidan turib,yasha Lena,deya aytaman.
    Uncha-muncha erkak zoti ham teng kelolmas Honim Lenaga,
    Bugun ho'rlar vahshiylar uni,baht kulajak unga ertaga!
    Rizo OBID.
    Прикрепления: SURAT 1 ·SURAT 2 ·SURAT 3
    Просмотров: 843 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-24 | Комментарии (0)

    Juda ko'plab ommaviy ahborot vositalarida shu yil 22 yanvar oyidan O'zbekiston Prezidenti Karimovning davlat boshida turish muhlati tugaganligiga ishora etilayotgan habarlar tarqatilmoqda.O'zini muholifatchi,deb hisoblaydigan ayrim guruhlar bayonotlar,murojaatlar bilan chiqishmoqdaki dunyo afkor ommasining,halqaro tashkilotlar,nufuzli davlatlar rahbarlarining diqqatini shu masalaga qaratishga urinishyapti.Bu yahshi.Lekin Karimov tirik ekan hali veri podshohlik tahtini bo'shatib berishni hayoliga ham keltirmayapti.Va bo'shatmaydi ham.
    Halqaro tashkilotlar,nufuzli hisoblanayotgan AQSH,Evropa Ittifoqi davlatlari esa bu holga goyat hotirjam munosabatda.Chunki O'zbekistondek boy mamlakatga aqlli,dono,demokrat Prezident bo'ladigan esa o'zbeklar haqqini eb ketarga berishga barham beradi.Bu esa na garb,na sharqdagi suvtekinga o'zbeklar boyligini o'zlashtirishga ko'nikib qolgan kazo-kazolarga yoqmaydi.
    Ishtahasi karnay nahanglar har tomondan o'zbeklar boyligini o'z hohish-istagiga ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 911 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-24 | Комментарии (0)

    Er yuzi yaralgandan buyon,
    Oqdi daryo bo'lib qancha qon?
    Biz tepib yurgan shu zamin,
    Goyat katta,ulkan qabriston.
    Qonga belangan,qonga qorishgan,
    Erdan unayotgan gullar-chechaklar.
    Turfa mevalaru,egulik bari,
    Qondan unayotgan emaklar.
    Odamzot qondan unayotgan,
    Qonla sugorilgan yovshonlarni,
    Bir-bir chaynab emaklar.
    Omonat dunyoku,omonat biz ham,
    Lekin kasbimiz,kasbingiz tinmay,
    Bir-birovimizni ermaklash.
    Har kuni ichamiz tashnalik bilan,
    Bir-birovimizning qonimizni.
    Tig urib jismimizga kiprik qoqmayin,
    Va olamiz birimiz boshqa jonini.
    Kipriklar yopilmay qotib qolar,
    Chiqqanida jon.
    Bir kalima aytmoqqa etmaydi majol.
    Nega? Chunki kipriklarimiz qonga sugorilib,
    Qonga to'yingan.
    Tilimiz quyuq qon ta'midan qotgan.
    Omonat dedikku dunyoni,
    Demakki hamma narsa omonat.
    Shunday ekan qadrdon:
    Ehtiyotroq so'z a ... Davomini o'qing...
    Прикрепления: SURAT 1 ·SURAT 2 ·SURAT 3
    Просмотров: 853 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-23 | Комментарии (0)

    Kamina Chehiyaning poytahti Praga shahrida joylashgan ''Ozodlik'' radiosi bosh qarorgohiga goyat ezgu niyatlar bilan borgan edim.Ammo afsuski.Quyida o'sha lahzalar aks etgan.
    Прикрепления: SURAT 1 ·SURAT 2 ·SURAT 3
    Просмотров: 970 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-23 | Комментарии (0)

    Kamina bilan ''Ozodlik'' radiosining bosh idorasida suratga tushgan jurnalist Gulnoza ko'pdan buyon radioto'lqinlarida ovozi chiqmay qoldi.

    Biz bilan suratga tushgan qizchaning,
    Boshiga ne savdo tushdi bilmaymiz.
    Yo yoqmadimi boshliqlariga,
    Biz bilan suratga tushgan o'sha qiz.

    Прикрепления: SURAT 1 ·SURAT 2 ·SURAT 3
    Просмотров: 903 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-23 | Комментарии (0)

    Vaqtingiz bor maqtanib oling,
    Uni undoq,buni bundoq do'ndirganingiz.
    Maqtaning tulkilik qilganlaringiz,
    Kimlardan nimalar undirganingiz.

    Maqtaning do'stingiz qanday sotgansiz,
    Maqtaning bolangizni qanday otgansiz,
    Maqtaning o'smirlik chogingizdayoq,
    Haromdan hech hazar qilmay o'tgansiz.

    Maqtaning,maqtanavering sira tinmayin,
    Ogzingiz ko'pirtirib,lab qiyshaytirib.
    Maqtaning maymunday chinqirib chunon,
    Maqtaning sizga hamishalik jo'radir shayton.
    Rizo OBID

    Просмотров: 918 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-23 | Комментарии (0)

    Ba'zilar oyoq tirab,dedilar men yurmayman,
    Ergashmayman birovga,o'zim ergashtiraman.
    Ko'p o'tmadi o'sha har ergashdi qirchangiga,
    Qulogin osiltirib borar dam-badam hangrab.

    Yo,alhazar munofiq nechun yuz hil so'ylaysan,
    O'zing eshak mijozu dohiyman ,deb o'ylaysan.
    Endi hamma biladi sening subutsizliging,
    Уzing aytar so'zing yo'q eshakdayin hangraysan.

    Mana endi qarab qo'y kim kimlarga ergashdi,
    Ho'tiging yonboshingda kimlarni uchqashtirding.
    Qara men aytmasam ham o'z-o'zimning yo'lim bor,
    To'grimi yo noto'gri o'z-o'zimning so'zim bor.
    Rizo OBID

    Просмотров: 907 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-20 | Комментарии (0)

    Hamma baht qidiradi,izlaydi.Hamma nimadir etishmasligidan,nimagadir zoriqqanidan o'zini bahtsiz hisoblaydi.Masalan kimningdir farzandi yo'q,kimningdir o'gli yo'q,kimningdir qizi yo'q,kimdadir ozodlik yo'q,qo'yingchi nimadir doim etishmaydi.Bu bahtsizlikmi?
    Menimcha bahtsizlik boshqa narsada.Boshqalarning bahtli ekanini ko'rolmaslik bu katta bahtsizlikdir.Siz bu borada qanday fikrdasiz?To'laligicha bahtlilikni qanday tushunasiz?

    Baht qayoqdan keladi va qayoqqa ketadi,
    Ko'rganmisiz birodar kimdir bahtni tutganin?

    Yo bo'lmasa bahtlilar qayda,qanday yuradi,
    Ko'rganmisiz birodar ular alam yutganin?

    Baht nimada yo qayda,uning rangi qanaqa,
    Ko'rganmisiz birodar bahtli sochin yulganin?

    Yolgon dunyo bu dunyo baht doim yarimtami?
    Ayting qayda ko'rgansiz bahtning handon kulganin?
    Rizo OBID

    Просмотров: 902 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-18 | Комментарии (0)


    Ahmadjon Odilov hayoti bilan bogliq tafsilotlarni ko'p yozib qimmatli vaqtingizni omayin.Aytmoqchimanki hamma u qamalgach ommaviy qoralashni boshlaganda kamina uni yoqlovchi maqola yozdi.
    Sababi?Sababi bitta edi.Garchand men shahsan A.Odilovni tanimasdim.U bilan bir piyola choy tugul,suv ham ichmagandim.Meni bir savol qiynar edi.
    So'ro qonunlariga ko'ra bir shahs SSSR Bosh prokurori sanktsiyasi bilan 9 oy hibsda ushlab turilishi mumkin,degan qonun bor edi.Ayrim hollarda esa SSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan alohida hollarda 1,5 yilgacha hibsda ushlab turilishi mumkin.Agar shu muhlatlar ichida ayblanuvchi aybi e'lon qilininb ishi sudga oshirilmasa tilhat orqali ozodlikka chiqariladi,deyilgan.Biroq A.Odilov 8 yildan beri sud hukmisiz qamoqda ushlanib turgani qonun buzilishi edi.Ehtimol A.Odilovga boshqa qonun yozilgandir,yo u boshqa planeta odami edimi?
    Ana shu savollardan kelib chiqib o'sha maqolamni yozgan edim.Qancha mas ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1212 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (0)

    Ahmadjon Odilov o'zi kim edi?Qahramonimiz osha davr kishilari uchun nafaqat tanish balki mashhur kishi sifatida gavdalangan.
    Oddiy hisobchilikdan nafaqat O'zbekistonga ta'bir joiz bo'lsa butun dunyoga mashhur bo'lgan Ahmadjon Odilov haqida men ham gazeta-jurnallar,televidenie,radio va odamlarning afsonaviy hikoyalari orqali tanish edim.Ahmadjon Odilov bilan sovet hukumatining kazo-kazo rahbarlari-yu,o'sha davrning mashhur adiblari goyat yaqin bo'lishgan.Va ular uni afsonaviy qahramon darajasiga ko'tarishganidan yahshi habardor edim.Biz kabi jaydari qalamkashlarga bu qahramon bilan uchrashish,suhbatlashish imkoniyatlari yo'q,bo'lganda ham son tegmas edi.
    Nima bo'ldi-yu,vaqt kelib ko'klarga ko'tarilgan qahramon 1984 yilning avgustida ''ozbeklar ishi'',''pahta ishi'',deya nom olgan Kremlning ommaviy ''tozalovi'' tala-to'plarida Ahmadjon Odilov hibsga olindi,degan ovoza tarqaldi.Siyosiy maydonga Gdlyan,Ivanov singari mashhur huqushunoslar paydo bo'lib osha davrdagi Markazqo'm ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 2625 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (0)

    Aziz o'quvchi bukun men bu dunyoning galdagi bir o'tkinchisi sifatida haqiqat yo'li haqida chizgilarimni Siz bilan baham ko'rmoqchiman.
    Avvallari ham ko'p bor ta'kidlaganimdek men shoir ham,adib ham emas,balki oddiy qalamkashlikka havas qilgan oddiy dehqon bolasiman.Gohida ko'nglimdan kechayotgan o'y-fikrlarni o'rtaga tashlagim keladi.
    Yuqoridagilar bois ayrim so'zlarim,jumlalar to'mtoq,beo'hshov bo'lsa oldindan uzr so'rayman va meni to'gri tushunib,ma'zur tutasiz,deb umid qilaman.
    ...1990 yil,may oyining ikkinchi yarmida yuqoridagi sarlavha bilan ''Mushtum'' jurnalida maqolam e'lon qilingan edi.Unda sho'ro davrida Namangan viloyat Pop tumani Lenin nomli agrosanoat birlashmasi bosh direktori bo'lib ishlagan,maqola chop etilgan pallalarda Moskovdagi ''Butirka'' qamoqhonasida sud hukmisiz,salkam sakkiz yildan buyon noqonuniy hibsda ushlab turilgan Ahmadjon Odilov haqida yozilgan edi...
    Просмотров: 868 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (0)

    Sen ummon ostiga shunday cho'kkinki,
    Qidirib topishsin zarur bo'lganda.
    Ayuhannos solib yurmagin aslo,
    Sen tirgak bo'lolgin kerak bo'lganda.

    Minnat qilma yumushing Vatan oldida,
    Senga baho bersin millatdoshlaring.
    Hokisor bo'l do'stim, kekkaymagin hech,
    Bir hilda bos bagringga elatdoshlaring.

    Gavhar bo'l elingga tegsin bir nafing,
    Surilib yurmagin keraksiz toshday.
    Zamin farzandisan ko'kka sapchima,
    Sen o'zbek bo'laqol bir ko'zu qoshday!
    Rizo OBID

    Просмотров: 920 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (1)

    O'zbekiston OAVningku jilovi allaqachon diktatorning qo'liga o'tgan,qayoqqa hohlasa o'sha yoqqa buraveradi.Lekin horijda ro'yhatdan o'tgan o'zbek tilidagi,o'zini demokratiya elchilari,deb iddao qilayotgan OAVchi?
    Ular kimga hizmat qilyapti?
    Mening fikrimcha ularning 50 foizi rejimga hizmat qilayotgan esa,50 foizi bir-birini oyogiga bolta urish bilan ovora.Muholifat,deganlari o'zi nimani hohlaydi-yu,nima harakatda anglash qiyin.
    Ana shu horijda faoliyatdagi Oavga quloq tutar,ko'z yugurtirar ekanman,maqsadim biror bir foydali so'z ilinjida bo'laman.Afsuski ,uning aksi bo'ladi.Ular bilan tanisha turib hira ko'ngil huftonga aylanadi.
    "Ozodlik'' radiosini ko'p tanqid qildim.Ularni ba'zilar MHH agentlari,deyishadi va bunga dalillar keltirishadi.Radiodagilar biz demokratiyani yoyinlantiruvchilarmiz,deb iddao qilishadi.Mening ana shu ''Ozodlik'' radiosidagi bir chiqishimga qamamoqchi bo'lishdi.Avval ham umrim 5 yilga yaqin qamoqhonada behuda o'tgani bois,keksayganim ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 971 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-16 | Комментарии (0)

    Hatolarni ko'p qildik goyat,
    Shayton turdi qarsaklar chalib.
    Yana do'stim takrorlamaylik,
    Shaytonlarga yana aldanib.

    Ko'zimizni qoplagan parda,
    Ko'tarilsin turmasin to'sib.
    Ortimizdan yurmasin shubha,
    Aygoqchiday panada pusib.

    Aytgin kimning yo'qdir hatosi,
    Ammo uni tuzatish kerak.
    Do'st-birodar bizlar insonmiz,
    Insondayin yashamoq kerak.
    Rizo OBID

    Просмотров: 882 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-15 | Комментарии (0)

    Aldadim,deb o'ylama do'stim,
    O'z-o'zingni aldading do'stim.
    Seni bilsang bugun ertalab,
    Aldoqchilar safiga qo'shdim.

    Huzur qilsang agar aldovdan,
    Uni mayli kasb qilib olgin.
    Ammo uning umri uzoqmas,
    Shu so'zlarim do'st eslab qolgin.
    Rizo OBID

    Просмотров: 851 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-15 | Комментарии (0)

    Ommaviy ahborot vositalaridan O'zbekistondagilar unutib yuborgan- amal talashib unga erisha olmagan homtama kishilarning alamzada so'zlarini goho eshitib,gohida o'qib qolaman.
    Poshsho bo'lish,lavozimlarga erishish istagi qon-qoniga singib ketgan bu kishilar tuzalmaydigan kasallikka yo'liqqan bemorlarga o'hshab ketishadi ,nazarimda.
    Bunday bechora odamlar o'zlarining alamzadaliklarini chiroyli so'zlar ortiga yashiriishga qanchalik urinishmasin,baribir salgina ziyrak kishi darrov ilgab qoladi.
    U bechoralarga: ''siz tutgan yo'l unchalik to'gri emasday tuyuladi mening fikrimcha '',desangiz baloga qolasiz.Endi u yoqdagi haribi qolib sizni dushman qatoriga qo'shib olib kulga belab,kosovga sancha boshlaydi.
    Astaggfurullo,deya yoqa ushlaysiz.
    Ular bir poshshoni diktatorlikda,yakkahokimlikda ayblashadi.Bu to'gri.Ular bu borada yuz chandon haq aytadilar.Biroq mana salkam yigirma yildan buyon bir firqa raisi ekanliklari, o'sha o'zlari aytgan diktatordan qilcha f ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 893 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-14 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz