Ризобек Понедельник, 2024-05-13, 23.49.48
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » Yangiliklar arxivi
    « 1 2 ... 134 135 136
    Nafs yo'lida kechib vijdondan,
    U dunyoni unutmagin do'st.
    Andisha qil shayton emassan,
    Insof sari qadam tashla do'st.

    Betamizlik vaqtincha nafdir,
    Bez bo'lmagin nafsing yo'lida.
    O'yla ahir sendagi nafs,
    Boshqaning ham bordir ko'nglida.

    Просмотров: 817 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-14 | Комментарии (0)

    Tog goyat salobatli.Kishi nazarida u hamma narsadan buyuk va salobatli.Biroq har qanday tog ham bir zumda kunpayakun bo'lishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
    O'zbeklarda bir naql bor:''ishongan togdan kiyik unmas''.Uning majoziy ma'nosi shuki,kimgadir ishonmang u sizga hech naf keltirmasligi yohud ishonchingizni oqlamasligi mumkin.
    Nega bular haqida yozyapman.Chunki men goyat hurmat qiladigan va uni odamiylikning ijobiy bir ramzini aks ettiruvchi,o'zida odamzotning oliyjanob hislatlarini mujassam etgan kishi,deb o'ylaganim shahs hafsalamni pir qildi.
    Avvallari ham tanish birodarlar ko'p bor aytishardi.Odamzotga ishonish qiyin,bir umr uning kimligini o'zidan boshqa hech kim bilolmasligi mumkin,deb.
    Lekin men harqalay odamlarga baribir ishonish kerak,degan fikrda edim.Hozir ham shu fikrdaman.Ammo ularning ko'pchiligi men bildirgan ishonchga arzimasliklari menga alam qilmaydi yo ogir botmaydi.Balki aksincha ularga achinib ketaman.Bechora duppa-durust odam,dega ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 912 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-13 | Комментарии (0)

    Tun o'tadi kelar yana kun,
    Do'stim qilgin ezgulik bugun.
    Yuraklarda qolmasin gubor,
    Kangullardan echilsin tugun.

    Maqsad qilgin yahshi o'ylarni,
    Yomonlikdan aytgin nima naf?
    Yolgon dunyo bilsang besh kunlik,
    Chin dunyoning yo'lida maktab.
    Rizo OBID

    Просмотров: 859 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-13 | Комментарии (0)

    ''A'',deb so'z aytishga choglanishingiz bilan bir million nobop so'zlar to'kib tashlaydigan andishasizlar ko'payib ketganidan ulardan qochib emas,balki ular bilan behuda so'zbozlik qilishdan tiyilish ilinjida garchi bu sohadan ancha yiroq bo'lsamda baholiqudrat o'z sahifamni ochishga jazm etdim.
    Boshqalardan farqli o'laroq bu sahifada faqat haq so'zini,safdoshlar,hammaslaklarning odamiylik,insoniylik qadr-qimmatini uluglovchi so'zlar aytilishini istayman.

    Bugun qarang goyat tanqisdir,
    Insonlarga bir shirin kalom.
    Bir-birining ko'nglin cho'ktirib,
    Qisqa umr topmasin zavol.

    Qadr eting bir zumlik umr,
    Hayyo-huyt,deb o'tib ketadi.
    Yahshi so'zdan mehr toblanib,
    Yuraklardan gubor ketadi.
    Rizo OBID

    Просмотров: 926 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-12 | Комментарии (0)

    Odamzotning f'eli shunaqa,
    Ishonch doim turar panada.
    Hurmatini qilsang joyida,
    Senga boqar u zaharhanda.

    Issiq yoqmay qolar gohida,
    Yoqmay qolar sovuq ham bizga.
    Shirin so'zlar aytsang kishiga,
    U aylanar goh betamizga.

    Shu boisdan do'stim do'st tutgin,
    Olloh so'zin va uning o'zin.
    Shunda senga yaratgan egam,
    Ochar olam mehrining ko'zin.
    Rizo OBID

    Просмотров: 915 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-12 | Комментарии (0)

    2007 йил январ ойининг 5ва6 кунлари Шведсиянинг Сётр шахрида ўтган " Халқаро йиғилиш иштирокчиларига
    Бирлик Халқ Харакати партияси Поп тумани кенгаши райиси Хайит Қўзиевнинг
    БАЁНОТИ.
    Ўзини демократ дея хисоблаётган ва аслида демократик фаолиятларидан хам кўра, ўз ижодларида қаламкаш
    бўлган кўпгина қатнашчиларининг Шведсиянинг Сётр шахридаги йиғилишига мен хам таклиф этилган эдим.
    Бу йиғилишда қатнашиш борасида Бирлик Халқ Харакати партиясидаги биродарларимизнинг эътирозларига
    қарамай қатнашишга қарор қилдим. Демократик партиянинг бир фидоий аъзоси ўлароқ
    Ўзбек халқининг кечаги ,бугуни ва эртанги кунининг ўзгаришларига бефарқ бўлмаганим учун қатнашдим.
    Лекин мени ажаблантирган нарса, йиғилиш қатнашчиларининг мухолифатни билаштиришдан кўра кўпроқ
    Бирлик Халқ Харакати партияси ва унинг лидери Абду ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1236 | Добавил: Hayit | Дата: 2007-01-10 | Комментарии (2)

    Unda-bunda goyat ko'p gaplarga duch kelyapman.Va yo alhazar,deya hayratdan yoqa ushlab qolyapman.Odamlar bir-birovlarini hozirda bo'gizlashga tayyorday go'yo.Bunday odamzot nasliga yot bo'lgan illatlar qayoqdan paydo bo'lyapti.
    Eng asosiysi hamda achinarlisi bunday bir-biriga munosabat avallari hayoli-iboli,andishali,or-nomusli hisoblangan,bagrikenglikda dongi ketgan o'zbek millatdoshlarimiz orasida ro'y berayotgani kishini goyat achintiradi va tashvishga soladi.
    O'vro'pa mamlakatida Vatandan olisda yashab turib bir-birining qadriga etish lozim bo'lgan bir pallada ularning guruh-guruhlarga ajralib olib,bir-biriga qarshi kurashi kishini nafaqat taajublantiradi balki afsuslantiradi.Millat tanazzulga uchraganidan,milliy qadriyatlar o'rnini qandaydir moddiy va martaba yo'lidagi tashnaliklar egallaganidan dod solging keladi.Biroq osmon uzoq ,er qattiq ,deganlaridek,ohlar etib bormaydi bundayin qalb ko'zi yopilib qolganlarga.Afsusdan boshqa nima ,deyishni ham bilmaysan.Faqat ha ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 901 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-10 | Комментарии (0)

    Lafz halol.deyishgan ota-bobolar,
    Unutib qo'ymadikmi,bugun biz uni.
    Va'dalar beramiz qop-qopdan ham ko'p,
    Lekin amaldachi Samarqanddan top.

    Gohida o'tirib o'yga tolaman:
    Qayoqdan yuqdiykan bundayin illat.
    Bugun o'zbek juvoni bedinga mahram.
    Endi o'zbek,degani qandayin millat?

    Maqtanib qo'yadi minbardan turib,
    Ayolin topshirib iflos to'shakka.
    Yana aytadiki:''men halol yigit'',
    Aslida u harom o'hshar eshakka.

    U emish bizlarga saboq beruvchi,
    Haqgo'ylik va yana yurtsevarlikdan.
    Ilohim asrasin,deyman yopiray,
    Sen kabi hudodan behabarlikdan!
    Rizo OBID

    Просмотров: 892 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-09 | Комментарии (0)

    Har gal erta tongda turar ekanman,o'yga tolaman.Kecha atrofimdagi insonlarga,o'zim yashayotgan jamiyatga nima naf keltirdim,bugun nima qilsam o'zgalarga,umuman butun borliqqa foydam tegarkin,deya o'z-o'zimdan so'rayman.
    Oqshom chogi,tunda uyquga yotishdan avval ham shu kabi savollarni o'zimga o'zim beraman.Kimnidir noo'rin ranjitmadimmi,ko'ngil qolarli nojo'ya so'z aytib dillarni ogritmadimmi?
    Goho qilgan,qilayotgan harakatlarimdan ko'nglim to'lsa,ko'proq o'zimning ishlarimdan qoniqmayman.
    Kecha Umar Hayyom,Hoja Ahmad Yassaviy asarlaridan biroz bahramand bo'ldim,zamondosh adiblardan Jahongir Muhammad asarlaridan mutoala qildim.Menga kimlarningdir asarlaridan,qilayotgan ezgu amallaridan naf etyapti.Men ulardan foydalanyapman.O'zimchi? Olganga yarasha biror-bir naf etkaza,bera olyapmanmi?
    Shu va shu kabi sarhisob bilan yashayman.Sizchi?

    Men sizni bilmayman va tanimayman,
    Nimalar o'ylaysiz sizning ishingiz.
    Biroq savol berib,o'zimga-o'zim,
    ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 969 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-07 | Комментарии (0)

    Poshsho bilan nima ishim bor,
    Men qalandar bir darvesh asli.
    Jon berolmay qiynalar ular,
    Dunyoga hech to'ymagan nasli.

    Men bir garib kimsa dunyoda,
    Qidirmayman oltin-javohir.
    Mening katta boyligim erur,
    So'z atogliq ochilmagan sir.

    Bir so'zimda qancha sirlar bor,
    Qani aytsin birorta poshsho.
    Erta meni nima kutadi,
    Bilar faqat yaratgan Olloh.
    Rizo OBID

    Просмотров: 905 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-06 | Комментарии (0)

    Tunning uzun, tim qora sochlarini silayman,
    Olisdagi dildorim qaro ko'zin eslayman.
    Hamma uyqu ogushida tushlar ko'rganda,
    Men bedorlik onlarini quchib yiglayman.

    Yo'q o'ylamang ko'z-yosh to'kib o''tiribdi,deb,
    Allaqaysi dildorini soginibdi,deb.
    Men bedorman yurt ishqida,hurlik ishqida,
    Ko'z ongimdan ketmas sira mute halq hadeb.

    Mayli zahmat cheksam mayli Ona yurt uchun,
    Biroq zahmat besamardir biror nafi yo'q.
    Halq yupundir,halq ochlikda,yo'q bagri butun,
    Men qandayin orom olay va yurayin to'q.

    Ogzimdagi bir chimdim qand zahardayindir,
    Tatimaydi bir oshamdir luqma bo'lsa ham.
    Ayting ahir men qandayin tunda uhlayin,
    Halq boshida tursa to'la kulfatu alam.

    Rizo OBID

    Просмотров: 912 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-05 | Комментарии (0)

    ISHON
    Sukunat qa'ridan sado beramiz,
    Hurlik,deya hayqirib zulm yuziga.
    Biz zolim ataymiz o'zbek poshshosin,
    Va tikka qaraymiz uning ko'ziga.

    Bizda bor engilmas so'zning qudrati,
    U yo'l ochib borar hursevarlarga.
    U mangu hamrohdir chin insonlarga,
    Uning bagrikengdir erksevarlarga.

    Uchmaymiz biz aslo dunyo ishiga,
    Bizning e'tiqodni sindirolmas hon.
    Bizning yo'limizdir haqqa erishmoq,
    Va bu yo'lda do'stim bizlarga ishon!

    Просмотров: 1068 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-03 | Комментарии (0)

    BU JOYDA SIZ BIZ HAQIMIZDA BILIB OLASIZ.
    Просмотров: 910 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-03 | Комментарии (0)

    RIZOBEK SAYTI HAMMA UCHUN OCHIQ!
    Просмотров: 1043 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-02 | Комментарии (1)

    ILK QADAM
    Ilk qadam qo'yildi hurlik bogiga,
    Marhabo do'stlarim,qadrdonlarim.
    To'yib nafas oling hur shabbodadan,
    Ushalsin orzular va armonlaring.

    Olisda bo'lsam ham sizni unutmam,
    Har biringiz menga duru marvarid.
    Qadoq qo'llaringiz hotirda o'pib,
    O'zimning O'zbegim -Sizdir hazratim!

    Просмотров: 893 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-02 | Комментарии (0)

    Takliflaringizni kutamiz!
    Просмотров: 915 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-01 | Комментарии (0)

    YANGI _2007 yilning 1 kunida astoydil eng shimarib ,RIZOBEK sayti o'z faoliyatini boshladi.Bizning maqsadimiz O'zbekistonda demokratiya tantanasi uchun har qanday boshqa shahsiy manfaatlardan voz kechib ,goyaviy kurash yo'lidan borish.Siz ham agar bizning hamrohimiz bo'lsangiz bu maqsadga tezroq etamiz ,deb ishonamiz!
    Просмотров: 1015 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-01 | Комментарии (0)

    ADMINISTRATSIYA SAYTA RIZOBEK VSEH STORONNIKOV MIRA,DEMOKRATII , SVOBODI -POZDRAVLYAET S NOVIM 2007 GODOM I PRIGLASHAET K SOVMESTNOMU SOTRUDNICHESTVU!
    Просмотров: 880 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-01 | Комментарии (0)

    ER YUZIDAGI BARCHA_BARCHANI KIRIB KELGAN YANGI--2007 YIL BILAN ''RIZOBEK" QUTLAYDI!
    BARCHANGIZGA OMAD VA BAHT YOR BO"LSIN!
    AGAR SIZ OZODLIK,HURLIK,DEMOKRATIYA TARAFDA BO'LSANGIZ BIZGA BU YO'LDA HAMROH BO'LING!
    RIZOBEK SAYTI MA'MURIYATI.
    Прикрепления: SURAT 1 ·SURAT 2 ·SURAT 3
    Просмотров: 1029 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-01 | Комментарии (0)

    1-20 21-40 ... 2661-2680 2681-2700 2701-2719
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz